11-sinf fizika darsligi asosida 15-mavzu: O'ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDAGI KONDENSATOR Tajribalar, o'zgarmas tok zanjiriga kondensator ulansa, undan tok o'tmasligini ko'rsatadi. Chunki, kondensator qoplamalarining orasi dielektrik bilan ajratilgan. Lekin kondensatorni o'zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, undan tok o'tar ekan Kondensator orqali o'tuvchi tok kuchi qanday fizik parametrlarga bog'liqligini o'rganish uchun o'zgaruvchan tok zanjiriga faqat kondensator ulangan holni qaraylik (3.13-rasm). Kondensator sig'imi C ga teng va unga qo'yilgan kuchlanish qonuniyat bo'yicha o'zgarsin. Ulanish simlarining qarshiligi R = 0 bo'lsin. U holda kondensatordagi kuchlanish bo'ladi. Bunda q-kondensator qoplamalaridagi zaryad bo'lib, q=CUmcosωt ga teng. Zanjirdagi tok kuchini topish uchun zaryad formulasidan birinchi tartibli hosila olamiz: Uni tok kuchining oniy qiymati bilan solishtirilsa, Im = Um Cω ekanligi kelib chiqadi. Bunda Im - tok kuchining maksimal qiymati. U holda kondensatordan o'tuvchi tok kuchining tenglamasi quyidagicha bo'ladi: Bu tenglamani kondensatorga berilgan kuchlanish ifodasi (3-11) bilan solishtirilsa, zanjirdagi tok kuchi tebranishlari, kuchlanish tebranishlaridan faza bo'yicha ga oldinga borishini ko'ramiz (3.14-rasm). 3.15-rasmda o'zgaruvchan tok zanjiriga faqat kondensator ulangan hol uchun o'zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning vektor diagrammasi keltirilgan. Zanjirdagi kondensatorning sig'im qarshiligi: U holda tok kuchining amplituda qiymati quyidagicha bo'ladi: Bu ifoda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni bo'lib, aktiv qarshilik o'rnida XC kattalik turibdi. Shuning uchun uni sig'im qarshilik (reaktiv qarshilik) deyiladi. Sig'im qarshilik ham Ω (Om) larda o'lchanadi. Bundan kondensatordan o'tuvchi tok kuchi kondensator sig'imi va o'zgaruvchan tok chastotasiga bog'liq bo'lishi kelib chiqadi. Sig'im va chastota qancha katta bo'lsa, zanjir qarshiligi shuncha kichik bo'ladi va mos ravishda tok kuchi katta bo'ladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:59
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:59 ]
Arxiv ichida: ppt