O'zgaruvchan tok. O'zgaruvchan tok zanjirida qarshilik, sig'im va induktivlik Reja: O'zgaruvchan tokning effektiv qiymatlari O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik O'zgaruvchan tok zanjirida induktivlik O'zgaruvchan tok zanjirida sig'im O'zgaruvchan tokning effektiv qiymatlari. Bizga ma'lumki, u = Umsint . va…i = Imsint .ifodalar kuchlanish va tokning ayrim paytlarga mos oniy qiymatlarini o'zida aks ettiradi . Shuning uchun o'zgaruvchan tok qiymati haqida fikr yuritilganda, uni shunday ekvivalent o'zgarmas tok qiymatiga tenglashtiriladiki, Bunday tok o'sha o'zgaruvchan tok o'tayotgan qarshilikdan o'tib, bir xildagi issiqlik ta'siri hosil qiladi, ya'ni bir xil vaqt oraligida bir xil miqdordagi issiqlik ajratadi. O'zgaruvchan tokning bunday qiymati uning ta'sir etuvchi yoki effektiv qiymati deb ataladi. Tokning effektiv qiymati o'zgaruvchan tokning sinusoidal o'zgarish protsessida uning oniy qiymati erishadigan maksimal qiymatidan kichik bo'ladi. O'zgaruvchan tok ma'lum bir qarshilikni o'tkazgichdan o'tib, unda xar sekundda ma'lum miqdorda issiqlik chikaradi, deylik. Shu o'tkazgichning o'zidan, undan utganda ma'lum miqdorda issiqlik chikaradigan , o'zgarmas tok o'tkazish ham mumkinligi o'z- o'zidan ravshan. O'zgaruvchan tok o'tkazgichda ma'lum vaqt ichida qanday miqdorda issiqlik chikargan bo'lsashu vaqt ichida o'shancha issiqlik chikargan o'zgarmas tokning ish bajaradigan qiymati ish bajaradigan qiymati uning effektiv qiymati deyiladi. Elektr zanjiridan o'zgarmas tok utganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori Lents- Joul qonuniga muvofiq : Q1 = 0,24 I2RT O'zgaruvchan tok utganda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini Q = 0,24 R i2dt integral orqali ifodalash mumkin. Uzgarmas tok bilan o'zgaruvchan tok ta'siri bir- biriga teng bo'lgani uchun Q1 = Q deb yozish mumkin. Shuning uchun 0,24 I2RT = 0,24 R i2dt Ifodaga sinusoidal tokning oniy qiymatini quyib, integrallab sinusoidal tokning effektiv qiymatini topamiz. I = Im 2 Bu qiymat sinusoidal tokning effektiv qiymati deb yuritiladi. E.YU.K. va kuchlanishning effektiv qiymatlarini ham shu tarzda yozish mumkin: Ye = Yem 2 , U = Um 2 O'zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik Induktivlik va sig'imga ega bo'lmagan aktiv qarshilikni biror zanjirda sodir bo'ladigan hodisani ko'rib chikaylik Agar zanjirning o'zgarmas tokdagi qarshiligi …R1 ga teng bo'lsa, shu zanjirdan o'zgaruvchan tok utganda uning qarshiligi ortadi va qiymati biror R ga teng bo'ladi. Tajriba o'zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan zanjirning qarshiligi ortishini ko'rsatadi. Shuning uchun o'tkazgichning o'zgarmas tokdagi omik qarshilik deb ataluvchi qarshiligidan farq qilishi uchun o'sha o'tkazgichning o'zgaruvchan tokdagi qarshiligi aktiv qarshilik deb ataladi. Modomiki o'tkazgichning aktiv qarshiligi tokning chastotasi ortishi bilan ko'paysa unda asosan sirt effekti tufayli hosil bo'luvchi bu hodisa yuqori chastotalarda ayniqsa ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bu toklar o'tkazgichning sirtida birlamchi tok yo'nalishida o'tkazgichning ukida esa birlamchi tokka teskari yo'nalishda ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
132.2 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
132.2 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:59 ]
Arxiv ichida: doc