O'zgaruvchan tokni to'g'rilash. Tekislovchi filtrlar

O'zgaruvchan tokni to'g'rilash. Tekislovchi filtrlar

O'quvchilarga / Fizika
O'zgaruvchan tokni to'g'rilash. Tekislovchi filtrlar - rasmi

Material tavsifi

O'zgaruvchan tokni to'g'rilash. Tekislovchi filtrlar Chiziqli bo'lmagan zanjir yordamida tok spektrida o'zgarmas tashkil etuvchini hosil qilish va uni ajratib olish jarayoni o'zgaruvchan tokni to'g'rilash deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma (chiziqli bo'lmagan zanjir) to'g'rilagich deyiladi. Demak, to'g'rilash jarayonini amalga oshirish uchun baqat tokning o'zgarmas tashkil etuvchisiga ega bo'lgan chiziqli bo'lmagan zanjirgina yaroqli bo'lar ekan. Undan tashqari, to'g'rilash effekti yetarli bo'lishi uchun bu o'zgarmas tashkil etuvchi tok katta bo'lishi kerak. Bunday xususiyatga tarkibida ventil xususiyatiga ega bo'lgan element qatnashuvchi chiziqli bo'lmagan zanjir ega bo'ladi. Ventil xususiyatga ega elementga misol qilib lampaviy va yarim o'tkazgichli diodlarni, gazotron, tiratron va boshqa elementlarni ko'rsatish mumkin. Shuning uchun to'g'rilagichlar ana shu elementlarda yig'iladi. To'g'rilashda zanjirga ta'sir etuvchi tebranish (kirish kuchlanishi) yetarlicha katta amplitudaga ega bo'lgani uchun to'g'rilovchi element volt-amper xarakteristikasi to'g'ri chiziqlar kesmasidan iborat deb olinadi (1- rasm). 1- rasm. Bitta yarim davrli to'g'rilash sxemasi (a) va uning ishlash prinsipi (b). To'g'rilash sxemasi ikki xil - bitta va ikkita yarim davrli bo'ladi. Bizga transformatorning ikkilamchi chulg'ami bilan ketma-ket ulangan D diod va Rн rezistordan tuzilgan zanjir berilgan bo'lsin (1a-rasm; kondensatorsiz). Agar transformatorga o'zgaruvchan kuchlanish berilsa, ikkilamchi chulg'am kuchlanishining musbat yarim davri to'g'ri kelganda diod ochilib, zanjirda tok hosil bo'ladi. Kuchlanishning manfiy yarim davrida diod yopilib, zanjirdan tok o'tmaydi. Uning grafik tasviri 1b-rasmda ko'rsatilgan (teskari tok hisobga olinmagan). Demak, zanjirdagi tok va chiqish kuchlanishi uzlukli bo'ladi. Bunday tok va kuchlanish impulslanuvchi tok yoki kuchlanish deb ataladi. Demak, ko'rilgan sxemada tok kirish kuchlanishining musbat (+) yarim davrlaridagina hosil bo'ladi. Shuning uchun bu sxema bitta yarim davrli to'g'rilash sxemasi deyiladi. Uning asosida tuzilgan to'g'rilagich esa, mos ravishda, bitta yarim davrli to'g'rilagich bo'ladi. Radioqurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun pulslanishni yo'qotish - tekislash zarur. Buning uchun pulslanuvchi tok yoki kuchlanish spektridagi o'zgarmas va o'zgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratiladi va o'zgaruvchan tashkil etuvchidan qutilish chorasi ko'riladi. Bu jarayonni amalga oshiradigan qurilma tekislovchi filtr deb ataladi. Nagruzka rezistoriga parallel ulangan kondensator eng sodda tekislovchi filtr hisoblanadi. Uning sig'imi yetarlicha katta, ya'ni bo'lishi kerak (1a-rasm; punktir). Bu holda diodning ishlashiga transformator kuchlanishidan tashqari kondensatorning kuchlanishi ham ta'sir etadi. Transformatordan diodga musbat kuchlanish berilganda, undan o'tadigan tok kondensatorni zaryadlaydi va kondensatorda Uс ga teng kuchlanish hosil bo'ladi. Uning ishorasi II cho'lg'am kuchlanishi ishorasiga qarama-qarshi - musbat bo'ladi. Shuning uchun dioddan transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish kondensator kuchlanishidan katta (Uтр Uс) bo'lgandagina tok o'tadi. Uтр ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.37 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.37 MB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga