O'zinduksiya qoidasi

O'zinduksiya qoidasi

O'quvchilarga / Fizika
O'zinduksiya qoidasi - rasmi

Material tavsifi

O'zinduksiya qoidasi Reja: Noferromagnit izotron muhitda magnit maydon energiyasi Noferromagnit muhitdagi magnit maydon uchun energiya saqlanish qonuni O'zinduksiya qoidasi O'zinduksiya deb elektr zanjirida, undagi tokning o'zgarishi oqibatida, elektromagnit induksiya EYuK ning paydo bo'lishiga aytiladi. Bu EYuK ni o'z o'z induksiya EYuK deyiladi. O'z induksiya - elektromagnit induksiyaning xususiy xoli. Elektr zanjirda tok o'zgarganda shu zanjirning o'zinduksiya oqim ilashtirishi o'z o'zgaradi, yani shu zanjirdagi tokning aynan magnit maydoni bilan bog'langan oqim ilashtirishi. Elektromagnit induksiyaning asosiy qonuniga binoan o'zinduksiya EYuK (25.11) O'tkazuvchi berk konturning induktivligi (xususiy induktivligi) deb, konturning o'z o'zinduksiya oqim ilashtirishining shu konturdagi tok kuchiga nisbatiga teng, skalyar L kattalikka aytiladi: (25.12) Bio-Savar-Laplas qonuniga binoan vakuumda turgan tokli kontur maydonining biron nuqtadagi magnit induksiyasi konturdagi I tok kuchiga proportsional. Demak, o'z ham I ga proportsional, chunki vakuumda turgan konturning induktivligi faqat uning shakli va o'lchamlariga bog'liq. Agar tokli kontur, magnit maydonning hammasini egallagan bir jismli, izotrop va noferromagnit muhitda turgan bo'lsa, u holda muhitning induktiyaligi muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligiga proportsional. Buni o'zakli ingichka toroid misolida ko'ramiz. Bunday toroidning o'zinduksiya oqim ilashtirishi o'z=NBS, bundagi N - cho'lg'amdagi o'ramlar soni, S - o'ramning yuzasi, V esa - (24.36) formula bilan ifodalanadigan magnit induksiyasi. Demak, o'z = 0N2IS(2ro'rt) bundagi ro'rt - toroid o'rta chizig'ining radiusi. Shunday qilib, ingichka (ro'rt) toroidning induktivligi L = 0n2V (25.13) bundagi n =N(2ro'rt) - toroid o'rta chizig'ining uzunlik birligidagi o'ramlar soni, V = 2ro'rt.S - toroid hajmi. (25.13) formula, magnit maydonini amalda bir jinsli deb hisoblash mumkin bo'lgan, uzun solenoid uchun ham o'rinli. Bu holda V = lS, bundagi - solinoid uzunligi (). Agar ingichka toroid yoki uzun solenoidlarning o'zagi ferromagnit materialdan yasalgan bo'lsa, u holda (25.11) formula o'z kuchini saqlaydi. Ammo bu holda naffaqat o'zak materialiga, balki magnit maydon N kuchlanganligining yo'nalishiga ham, yani cho'lg'amdagi tok kuchiga ham bog'liq, chunki N = nI. O'zinduksiya EYuK ni konturning induktivligi va undagi tok kuchi orqali ifodalaymiz: (25.14) Agar kontur magnit maydonini to'ldiruvchi muhit noferromagnit, kontur esa deformatsiyalanmasa, u holda vaqt o'tishi bilan tok kuchi o'zgarganda uning induktivligi o'zgarmasdan qoladi. Bunday konturning induktivligini (25.14) formulada hosila belgisidan chiqarish mumkin: (25.15) Lents qoidasiga binoan konturdagi elektr tokining o'zgarishiga o'zinduksiya EYuK qarshilik ko'rsatadi, yani uning ortishini yoki kamayishini sekinlashtiradi. (25.15) formula bo'yicha o'zinduksiya EYuK, binobarin induksiya toki ham, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo'lganda, kontur induktivligiga proportsional bo'ladi. Shunday qilib, kontur induktivligi, tok kuchining o'zgrishiga nisbatan uning inertligining o'lchovidir. Feromagnetiklarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit maydon kuchlanganligiga kuchli bog'liq, shuning uchun ferromagnit muhitga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 83.5 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga