6-sinf fizika darsligi asosida 24-mavzu: Paskal qonuni va uning qo'llanilishi Quyidagi tajribani o'tkazib ko'ring. Iste'molda bo'lgan bir marta ishlatiladigan shprits va bolalar puflaydigan sharni oling. Shprits ignasini sharchaga bir necha marta sanchib oling. Sharcha ichiga suv quyib, og'zini ignasi olingan shpritsga kiydiring. Shprits porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi (28-rasm). Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo'nalishida emas, balki hamma tomonga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda fran so'z olimi Blez Paskal o'rgangan. Qonun quyidagicha ta'riflanadi. Suyuqlik va gaz o'ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga o'zga rishsiz uzatadi. Suyuqlik yoki gaz o'ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda bo'lishi kerak. Haqiqatan ham, ko'pgina hodisalar (havoda hidning tarqalishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz zarralarining harakatda ekanligini tasdiqlaydi. Zarralar harakati tufayli idish devorlariga urilib, ichki bosimni hosil qiladi. Ichki bosim uchun Paskal qonuni quyidagicha ta'riflanadi. Og'irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zarralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo'nalishda bir xil bo'ladi. Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomobillarda, poyezdlarda qo'llaniladigan tormozlash sistemasi, yer qazuvchi, yuk ortuvchi traktorlarda gidravlik press deb ataluvchi qurilma ana shu qonun asosida ishlaydi. Gidravlik press. Gidravlik press o'zaro suyuqlik o'tkazuvchi nay bilan tutashtirilgan porshenli ikkita silindrdan iborat (29-rasm). Silindrlar biror-bir suyuqlik bilan to'ldiriladi. Porshenlarning yuzalari turlicha (S1 va S2 ). Agar kichik yuzali porshenga F1 kuch bilan ta'sir etilsa, undan suyuqlikka bosim uzatiladi. Paskal qonuniga ko'ra bu bosim o'zgarishsiz holda har tomonga uzatiladi. Jumladan, S2 yuzali ikkinchi porshenga ham. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:02
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:02 ]
Arxiv ichida: ppt