Past haroratli quyosh qurilmalari

Past haroratli quyosh qurilmalari

O'quvchilarga / Fizika
Past haroratli quyosh qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Past haroratli ӄuyosh ӄurilmalari Reja: 1. Issiӄlik yashik, ӄuyosh suv isitgichlarini tuzilishi va ishlash prinsipi. 2. Ӄuyosh suv chuchitgichlari, ӄuyosh ӄuritgichlari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari. 3. Ӄuyosh parnik va issiӄxonalari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari. 4. Ӄuyosh uylari va xolodilniklari ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari. 5. Ӄuyosh energiyasini akkumulyatsiyalash. Quyosh nurlari biror jism sirtiga tushganda uning malum qismi yutiladi, qolgan qismi esa jism sirtidan qaytadi. Yutilgan nur energiyasi o'z navbatida energiyaning boshqa turlariga, masalan, issiqlik energiyasiga aylanadi. Quyosh nuriy energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishda ishlatiladigan eng sodda qurilmalar «issiq yashik» tipidagi qurilmalardir. Shuning uchun dastavval «issiq yashikning tuzilishi va ishlash prinsipini o'rganaylik. Yog'och yashik olib, uning tagiga va yon devorlariga(tomonlariga) issiqlikni yomon o'tkazadigan material (yog'och qipig'i, qamish, somon yoki boshqa birorta material) solinadi, boshqacha aytganda issiqlik izolyatsiyasi1 amalga oshiriladi. So'ngra yashik ostidagi issiqlik izolyatsiyasining ustini va yashikning yon tomonlarini yaltiramaydigan qilib, qoraga bo'yalgan tunuka 2 bilan qoplaylik. Yashik ustini deraza oynasi 3 bilan qoplashdan hosil bo'lgan bu qurilmani quyosh nurlariga tik ravishda o'rnataylik. rasm. «Issiq yashik » ning tuzilishi sxemasi. Bir oz vaqt o'tgach yashik ichidagi havoning temperaturasi ortayotganligini termometr orqali (yashikning ichiga joylashtirilgan) kuzatamiz. Bir qavat oyna bilan qoplangan va osti, yon tomonlarida issiqlik izolyatsiyasini amalga oshirilgan bunday qurilmalarning ichida havoning temperaturasi 70 -750 S gacha etishi mumkin. Shuning uchun eng sodda turdagi bunday issiqlik to'plovchi qurilmalar «issiq yashik» nomini olgan. «Issiq yashikning ishlash prinsipi deraza oynaning o'zida quyosh nurlarinng ko'rinadigan va ko'rinmaydigan qismlarini o'tkazish xossasiga asoslangan. Malumki, deraza oyna o'ziga tushadigan quyosh nurlarining ko'rinadigan va ko'rinmaydigan qismlarini o'tkazish xossasiga asoslangan. Malumki, deraza oyna o'ziga tushadigan quyosh nurlarining ko'rinadigan qismini yaxshi o'tkazgani uchun tiniq ko'rinadi. Bunday oynalar to'lqin uzunligi 0,3 mk dan qisqa va 3 mk dan uzun to'lqinlarni o'tkazmaydi. Shveytsariyalik fizik Sossyur birinchi marta «issiq yashik» ni 1770 yilda yasagan edi. Shundan so'ng turli mamlakatlarda ko'plab «issiq yashik» lar sinab ko'rilgan. O'zbekistonda esa «issiq yashik» tipidagi quyosh qurilmalari bo'yicha K.G. Trofimov 1928 yillardan boshlab ilmiy -tadqiqotlar olib borgan. K.G. Trofimovning tekshirishlari ko'rsatadiki, «issiq yashik» ning ustiga qoplangan oynali qavatlar soni oshishi bilan yashik ichidagi havo temperaturasi ham osha boradi. Masalan, «issiq yashik» 7 qavat oyna bilan qoplansa, havoning temperaturasi 200 S gacha, 8 qavatda esa 225 0S gacha etadi. Oyna qavatlari orasida havo qatlamini qoldirib, oynalik qavatlar soni oshirilganda oyna orqali issiqlik yo'qotish kamaysada, ammo yashik osti va yon devorlaridan issiqlik yo'qotish kuchayadi. Oyna qavatlari soni ortgani sari quyosh energiyasi har bir oyna qavatidan o'tishida kamayadi. Shuning uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 221.78 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 221.78 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga