Payvand birikmadagi nuqsonlar va payvandlash sifatini nazorat qilish Reja: Payvand choklarining nuqsonlari. Payvand choklarining nazorat qilish. Payvand buyumni nazorat qilish. 1. GOST 15467-79 ga muvofik payvand birikmalarning nuqsonlari deb mahsulotning normativ hujjatlari bilan belgilangan talablarga xar qanday mos kelmasligini atash kabul qilingan. Bu normalarda kuyidagilar kuzda tutilgan: payvand choklarning geometrik o'lchamlari(balandligi va eni), yaxlitligi, germetikligi, mustahkamligi, plstikligi, ximiyaviy tarkibi va chok metalining strukturasini tashkil etuvchilar. Payvand choklar va birikmalarning nuqsonlari turli-tuman nuqsonlarning quyidagi asosiy gruppalarni ajratib ko'rsatish mumkin: Yigish texnologiyasini buzush natijasida hosil buladigan nuqsonlar (payvandlanadigan kirralarning, truba uklarining bir biriga nisbatan siljib qolishi, payvandlanadigan detallar orasidagi zazorning mos kelmasligi); Payvandlanadigan detallarning metalida mavjud bo'lgan nuqsonlar( darzlar, katlamlanishlar, batikliklar), payvandlanadigan kirralarda va chok yonida mavjud bo'lgan nuqsonlar, bular chokning shakillanishiga ta'sir qilishi mumkin; asosiy metallning yomon payvandlanuvchanligi sababli yuzaga keladigan nuqsonlar( payvand birikmada sovuk va issik darzlar hosil qilishga moyillik); qo'shimcha materiallarning ximiyaviy tarkibi va texnologik xossalari mos kelmasligi oqibatida hosil buladigan nuqsonlar; texnologik protsess yoki termik ishlov berish buzulganligi tufayli hosil buladigan nuqsonlar( struktura tashkil etuvchilarning mos kelmasligi, kesaklar, govaklar, chala payvandlanishlar, kuyib ketish, shakllanishlar, chokning zaiflashuvi); kisuvchi moslamalar, konduktorlar va boshqa uskunalar mos kelmasligi oqibatida payvandlash vaqtida yoki konstruksiya soviyotganida yuzaga keladigan nuqsonlar; konstruksiyadan foydalanishda hosil buladigan nuqsonlar; Aytib utilgan nuqsonlardan tashqari, payvand birikmalarda makro va mikro nobirjinslilik vav strukturaning boshqa kamchiliklari bo'lishi mumkin. Eritib payvandlash yo'li bilan tayyorlangan birikmalar uchun GOST 23055- 78 ga muvofik nuqsonlarning olti turi belgilangan: darzlar, chala payvandlanishlar, govaklar, shlakli kushilmalar, volframli va oksidli kushilmalar. Payvand birikmalar chokining sifatini nazorat qilish turi buyumlarning vazifasi va buyumga texnik sharlarga muvofik tanlanadi. 2. Payvandlashning yuqori sifatli bo'lishini ta'minlash uchun dastlabki nazorat, operatsiyalar bo'yicha nazorat va tayyor payvand birikmalarni nazorat qilishni bajarish kerak. Dastlabki nazoratda: Payvandchilar, defekspopistlar(ultratovush yordamida nazorat qilish operatorlari, radiograflar va boshqakalarning malakasi; Yigish payvandlash jihozlari va opparaturalari, shuningdek, payvand birikmalari kontrol qilish jihozlari va opparaturalarining holati; asosiy metall va payvandlash materiallarining sifati; tayyor payvand birikmalarini nazorat qilish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi; tashqi tomondan kuzdan kechirish va o'lchash, nurlar bilan yoritib ko'rish, ultratovush yordamida defektoskopiya qilish, matin kukin va rangli defektoskrpiya qilish kerak . Asosiy metalning sifati yetkazib beruvchi zavod metall partiyasiga kushib beradigan sertifikatda ko'rsatilgan talablarga mos kelishi kerak. Bu sertifikatda tayerlagan zavod, pulatning markasi, ximiyaviy tarkibi, eritish nomeri, materialning profili, o'lchamlari, metall massasi va partiya nomeri , standartda kuzda tutilgan barcha sinov natijalari , ayni markadagi pulatga tegishli standart nomeri ko'rsatilgan bo'ladi. Sertifikat bo'lmaganda metalni fakat sinchiklab tekshirilgandan sung ishlab chiqarishga foydalanish ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.25 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:02 ]
Arxiv ichida: doc