Payvandlash ishlarining fizik, kimyoviy asoslari

Payvandlash ishlarining fizik, kimyoviy asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Payvandlash ishlarining fizik, kimyoviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Payvandlash ishlarining fizik, ximiyaviy asoslari Reja: 1. Payvandlash turlari. 2. Payvandlashdagi fizik - ximyaviy jarayonlar. 3. Metallar va kotishmalarining payvandlanuvchanligi. 1. Payvandlanadigan detallarning biror erini kizdirib yoki plastik deformatsiyalab, yoxud xar ikki usulni birga kullab, ular o'rtasida atomlararo bog'lanishni vujudga keltirish vositasida qattiq materiallarning ajralmaydigan birikmalarini hosil qilish jarayoni payvandlash deb ataladi. Payvandlash jarayonlarini klassifikatsiyalashda uchta asosiy fizik belgi ajratib kursatiladi: kiritilayotgan ( berilayotgan ) energiya turi bosim mavjudligi va asbob - energiya eltuvchining turi Buyumga kiritilayotgan energiya turiga ko'ra payvandlash protsesslari ( payvandlash, kavsharlash, va kesish) uchta sinfga bulingan. Termik - issiqlik energiyasidan foydalanib eritish yo'li bilan amalga oshiriladigan payvandlash turlari: ey yordamida gaz termit alangasida , elektr shlak usulida plazma elektronnur, lazer yordamida payvandlash turlariga; Termomexanik - issiqlik energiyasi va bosimdan foydalanib bajariladigan:kantaktli, diffuzion, gazpress yordamida payvandlash turlariga; Mexanik - mexanik energiya va bosimdan foydalanib amalga oshiriladigan: ultratovush yordamida, ishqalanish vositasida,sovuklayin payvandlash turlariga bulinadi. Yoy yordamida payvandlash eritib payvandlashga kiradi . Payvandlashning bu turida asosiy va qo'shimcha metallni elektrod hamda payvandlanayotgan metall orasida yonayotgan elektr yoyi eritadi.Erigan asosiy va qo'shimcha metall (elektrod, sim yoki lenta) payvandlash vannasini tashkil qiladi, bu vannadagi metallning kristallanishi natijasida payvandchak hosil bo'ladi. Gaz alangasida payvandlash payvandlanadigan va qo'shimcha metallarni yuqori temperaturali gaz-kislarod alangasida erishiga asoslangan. Kislarodda yonishi uchun yonilg'i sifatida atsetillen, vodorod,pranok, butan aralashmasi, kerasin, benzin buglari, tabiiy yorituvchi gazlar,neft, kaks gazlari va boshqa gazlar ishlatiladi. Elektr - shlak usulida payvandlash payvandlanadigan va qo'shimcha metallarni vujudga keltirilgan payvandlash pratsessida suyuk shlakdan elektr toki utayotganida ajratib chikadigan issiqlik bilan eritishga asoslangan. Termit yordamida payvandlash shundan iboratki,payvandlanadigan detallar o'rta chidamli kolipga joylashtiriladi, uning ustiga urnatilgan tigelga termit-alyuminiy bilan temir ko'yindisining kukunsimon aralashmasi solinadi. Plazma yordamida payvandlash biror bosimli gaz muhitidan katta zichlikdagi elektor tokini o'tkazishga asoslangan, buning natijasida gaz ionlashgan holatga keladi, uning bu holati plazma deyiladi. Lazer yordamida payvandlash maxsus qattiq va gazsimon nurlatkichlardan olinadigan kuchli ero'g'lik nuri yordamida amalga oshiriladi. Lazer bilan payvandlashda vakkumning keragi yuk va uni xatto generatordan ancha uzoq masofada, havoda xam bajarish mumkin. Kontaktli payvandlash payvandlanadigan detallarning kontaktlashadigan joyidan elektr toki utayotganida ajralib chikadigan issiqlik ta'sirida birkadigan joylarning kizishi va erishidan iborat; shu joyga sikuvchi kuch bilan ta'sir etilsa, payvand birikma hosil bo'ladi. Sovuklayin payvandlash ancha katta bosim ta'sir ettirilganda metallarning o'zaro tishlashib qolishiga asoslangan. 2. Payvandlashda bir kancha murakkab fizik - ximyaviy jarayonlar sodir bo'lib, ular payvand birikma sifatini belgilaydi. Payvandlashdagi kizdirish manbalari asosiy hamda qo'shimcha metallga issiqlik va ximyaviy yul bilan ta'sir qiladi, chok metalli va chok ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.74 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.74 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga