Plazma. Xossalari va qo'llanilishi

Plazma. Xossalari va qo'llanilishi

O'quvchilarga / Fizika
Plazma. Xossalari va qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Plazma. Xossalari va qo'llanilishi Reja: 1. Plazma asosiy tushuncha va xarakteristikalar. 2. Plazma oqimining moddalarga ta'siri. 3. Plazma oqimini olish.(tezlatish mexanizmi). 4. Plazmaning issiqlik ta'siri. Fizika va kimyoda plazma (yun. plasso - shakl quyaman) atamasi ostida gazga o'xshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi mumkin. Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoMqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin. Plazma (yun. plasma - shakllangan) - to'liq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yig'indi zaryadi nolga teng bo'lgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga o'tishi bug'lanish, qattiq jismning gaz holatigao'tishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga o'tadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi ta'sirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Plazma terminini fanga birinchi bo'lib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan. (Radiusi D ga teng sfera ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni Debay soni deyiladi. Plazmaning asosiy xususiyati shundan iboratki, undagi musbat va manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga tengdir. Bu xususiyat Plazmaning kvazineytralligi deyiladi. Plazma egallagan joyning chizig'iy o'lchami Debay radiusidan ancha katta holatdagina kvazineytrallik ro'y beradi.1923). Plazma ionlashgan gaz bo'lib, manfiy zaryadlangan zarrachalar (elektron va manfiy ionlar), musbat zaryadli ionlar va neytral zarrachalardan (turg'un va uyg'otilgan holatdagi atom va molekulalar) tashkil topgan. Moddani plazma holatiga o'tish yoki atom va mo'lekulalarni ionizatsiya jarayoni zarrachalarning o'zaro ta'siri yoki ularning nurlanish ta'siri bilan bog'liq bo'ladi. Plazmaning asosiy xarakteristikalari: Plazmaning ionlanish darajasi ai plazma hajmidagi ionlashgan zarrachalar sonini moddadagi boshlang'ich neytral zarrachalar soniga nirbati bilan aniqlanadi. Plazmaning ionlanish darajasi qiymatiga qarab plazmalar 1.Kuchsiz ionlashgan (ai ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 592.36 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 592.36 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga