Polimer tolalar va plyonkalar deformatsiyasini polyarizatsion-optik usullarda aniqlash

Polimer tolalar va plyonkalar deformatsiyasini polyarizatsion-optik usullarda aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Polimer tolalar va plyonkalar deformatsiyasini polyarizatsion-optik usullarda aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Polimer tolalar va plenkalar deformatsiyasini polyarizatsion-optik usullarda aniqlash Polimer molekulalarining kuchli optik anizotropiyaga ega bo'lishi, ularni turli materiallarda, ayniqsa tola va plenkalarda o'zaro tartiblangan tarzda joylashganligini, shuningdek, turli tashqi ta'sirlar natijasida fizik holatlarini o'zgartirishlarini polyarizatsion-optik usullar yordamida aniqlash imkonini beradi. Bu usullar sirasiga qo'sh nurni sinishi (n), optik aylanish dispersiyasi [], polyarizatsion ultramikroskopiya () kabilar kiradi va ularni ekspluatatsiya sharoitida ko'plab marta turli darajalarda mexanik deformatsiyalarga uchraydigan polimer tolalar va plenkalarga qo'llash orqali fizik holatlari baholash muhim va dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mazkur tadqiqot doirasida qo'sh nurni sinish usuli kuchli deformatsion cho'zilishga duchor etilgan tolalar (ipak, nitron) va plenkalar (polietilen, polipropilen) ning fizik holatlarini o'zgarishi o'rganilgan. Tadqiqotlar o'tkazish uchun maxsus polyarizatsion-optik uskuna yig'ilgan va uning priintsial chizmasi quyidagi rasmda keltirilgan. Bunda polyarizator (R) dan analiztor (A) ga yo'naltirilgan qutblangan monoxromatik nur ( = 560 nm) ga perpendikulyar tarzda quyilgan tola (T) uchlaridan qarama-qarshi yo'nalishda F1 va F2 kuchlar ta'sirida deformatsion cho'ziladi (l). Tola va polyarizator yo'nalishlari bir sirtda bo'lib, biri-biridan 45o ga farq qiladi. Deformatsiya jarayonida polimer molekulalarini rostla- nishi tufayli tola (yoki plenka) ning optik anizotropiyasi o'zgaradi. Uning miqdori analizatorni burchakga burish orqali vizual tarzda mikroskop yordamida o'lchanadi. Qo'sh nurni sinish miqdori n = 180d formula yordamida aniqlanadi. Bunda d- optik anizotropiya faza qalinligi bo'lib, singari l miqdoriga bog'liqdir. Tajribalar bu bog'lanishni to'g'ri va egri chiziqli qismlardan iborat ekanligini ko'rsatdi. To'g'ri chiziqli qism polimer tola va plenkalarni kichik deformatsion ta'sirlar paytida kuzatildi. Bunday holatni bo'lishi deformatsiya tufayli polimer molekularida segmental o'zgarishlar ruy berishi bilan izohlanadi, chunki polimer materiallarda nisbiy uzayish juda kichik miqdorlarni tashkil etdi. Bog'lanish grafigining egri chiziqli qismi esa deformatsiya tufayli polimer molekulalarining bir-biriga nisbatan siljishi bilan izohlandi, bunda tola va plenkalarni nisbiy uzayishi sezilarli tarzda namoyon bo'ldi. Bu hol nobarqaror bo'lib, cho'zilish jarayonida keskin tarzda polimer materialni uzilishi bilan tugashi kuzatildi. Agar uzilishgacha etmasdan deformatsiya jarayoni to'xtatilsa, material erishilgan deformatsion holatida deyarli qolib ketishi aniqlandi. Shunday qilib, polyarizatsion-optik uskunalarni, aynan qo'sh nurni sinish usulini polimer tolalar va plenkalarni deformatsiyalanishi baholash uchun qo'llanishi optik anizotropiya ko'rsagichlari (n, , d) va nisbiy deformatsiya (l) miqdorilari orasida bog'lanish to'g'ri va egri chiziqli qismlardan iborat bo'lishini ko'rsatdi hamda egri chiziqli qismlarni qaytmas o'zgarishlar ruy berganligidan dalolat berishi aniqlandi. Polimer tolalar va plenkalar deformatsiyasini polyarizatsion-optik usullarda aniqlash Mardonova G.P. (magistr), Xolmuminov A.A., Ashurov N.Sh. M. Ulug'bek nomidagi O'zMU fizika fakulteti O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti Polimer molekulalarining kuchli optik anizotropiyaga ega bo'lishi, ularni turli materiallarda, ayniqsa tola va plenkalarda o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.38 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.38 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga