Polimerlarning sintezi. Polimerlanish. Zanjirli reaksiyalar

Polimerlarning sintezi. Polimerlanish. Zanjirli reaksiyalar

O'quvchilarga / Fizika
Polimerlarning sintezi. Polimerlanish. Zanjirli reaksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Polimerlarning sintezi. Polimerlanish. Zanjirli reaksiyalar Reja: Polimerlanish reaksiyalari. Zanjirli polimerlanish. Radikal polimerlanish. Aktiv markaz hosil bo'lish, rivojlanish, uzilish va zanjir uzatilish reaksiyalari. yuqori molekulyar birikmalar monomerlardan, asosan polimerlanish va polikondensatlash reaksiyalari orqali olinadi. Agar polimer hosil qilish reaksiyasi uchun bir xil monomer ishlatilsa, u holda reaksiya gomopolimerlanish yoki gomopolikondensatlash reaksiyasi deyiladi, uning molekulalari bir xil tuzilishdagi monomer halqalaridan tashkil topgan bo'ladi. Bir xil monomerdan tashkil topgan gomopolimerlarning fizik -mexanikaviy xossalari kupincha cheklangan bo'ladi. Ular texnikaning xamma talablariga javob bera olmaydi. Turli xossalariga ega va turli talablarga javob bera oladigan polimer hosil qilish uchun, odatda sopolimerlanish va sopolikondensatlanish reaksiyalaridan foydalaniladi. Bir necha kuyi molekulyar o'zaro kovalent boglanib, yuqori molekulyar birikma hosil qilish reaksiyasi polimerlanish deb ataladi. Polimerlanish reaksiyasi natijasida ayni polimerlardan boshqa qo'shimcha mahsulot hosil bo'ladi, yani reaksiya nixoyasida monomerning dastlabki tarkibi uzgarmaydi. Polimerlanish reaksiyani umumiy holda kuyidagicha ifodalash mumkin. Tarkibiy kushbog bo'lgan yoki siklik tuzilishdagi kupchilik to'yinmagan moddalar reaksiyasiga kirisha oladi. Masalan, tarkibida bir kush bog tutgan olefinlar va ular hosilalarining polimernishini ko'rsatish mumkin: n CH2=CHX …- CH2 - CHX - CH2 - CHX -… polimerlanish natijasida to'yinmagan boglar kamayib, to'yingan boglarga aylanadi. to'yinmagan uglevodorodlar va ular hosilalarini polimerlanish orqali karbozanjirli polimerlar olinadi. Bular orasida sanoat ahamiyatiga ega polietilen, polivinilxlorid, poliizopren va ularni kush polimerlanib hosil kilgan sopolimerlari kuplab tishlab chikariladi. to'yingan moddalar ichida tarang, bekaror siklik tuzilishiga ega bo'lgan bazi birikmalargina polimerlanishi mumkin. O, N, S atomlari orqali boglangan siklik birikmalar polimerlanganda geterozanjirli polimerlar hosil bo'ladi. Etilen oksiddan polietilen oksid olinishi bunga misol bula oladi. bosqichli yoki migratsion polimerlanish protsessi sodir bo'lishi uchun monomer tarkibida harakatchan vodorod atomi bo'lishi lozim. Aktiv markazning paydo bo'lishi katta energiya talab qiladi va kichik tezlik bilan boradi. Zanjirli polimerlanish bog'lanishida erkin radikallar yoki ionlar aktiv markaz hosil qiladi. Aktiv markazning kelib chiqishi tabiatiga karab reaksiyalar radikal va ionli polimerlanish reaksiyalariga bulinadi. Polimer zanjirning o'sishi kichik aktivlanish energiyasi talab qiladi va juda katta tezlik bilan boradi. Makroradikal zanjirning uzilishi katta aktivlash energiyasi talab kilmaydi va nisbatan katta tezlikda boradi. Dastlabki kvant energiya yutilish bilan monomer molekulasi kuzgalgan holatga utadi. CH2=CHR + h CH2 = C*HR Bu yerda nurning bir kvant energiyasi bo'lib, u Plank doimiyligi (h)ni to'lqin tebranish bo'yicha ( )ga kupaytmasiga teng. Fotopolimerlanish protsessining tezligini oshirish maqsadida sistemaga nur ta'sirida oson parchalanib, radikal hosil qiluvchi sensibilizator kushiladi. Monomer molekulalarini, shuningdek , , nurlar rentgen nurlari va boshqa yuqori energiyali zarrachalar yordami bilan bilan xam radikalga aylantirib polimerlash mumkin. Bunday jarayon radiatsion polimerlanish deyiladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.27 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.27 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga