Qarshilik termometrlari. Logometrlar Reja: 1.Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma'lumotlar. 2.Qarshilik termometrlarining to'zilishi. 3.Qarshilik termometrining ulash usullari. 4.Logometrlar. Tayanch iboralar: Qarshilik termometrlari, solishtirma qarshilik, logometr, platinali termometrlar, mis termometrlar. 1.Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma'lumotlar Haroratni qarshilik termometrlari bilan o'lchash harorat o'zgarishi bilan elektr o'tkazgich hamda yarim o'tkazgichlar elektr qarshiligining o'zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o'tkazgich yoki yarimo'tkazgichning elektr qarshiligi uning harorati funksiyasidan iborat iborat, ya'ni R = f (t). Bu funksiyaning ko'rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog'liq. Ko'pchilik toza materiallarning elektr qarshiligi harorat kutarilishi bilan ortadi. Metall oksidlari (yarimo'tkazgich) larning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo'llaniladi: 1.O'lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va ximiyaviy tarkibi o'zgarmasligi kerak. 2.Metallning harorat qarshilik koeffitsiyenti etarli darajada katta va barqarorlashgan bo'lishi lozim. 3.Qarshilik harorat o'zgarishi bilan tug'ri yoki ravon egri chiziq bo'yicha keskin chetga chiqishlarsiz o'zgarishi kerak. 4.Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo'lishi kerak. Ma'lum haroratlar oralig'ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi. Harorat o'zgarishi bilan elektr qarshiligining o'zgarishini xarakterlovchi parametr elektr qarshiligining harorat koeffitsiyenti deyiladi. Harorat koeffitsiyenti haroratga bog'liq bo'lgan metallar uchun faqat haroratning har bir qiymati uchun aniqlanishi mumkin: (1) bunda R0 va Rt,0 va t S haroratdagi qarshilik. Harorat koeffitsiyenti S-1 yoki K-1 larda ifodalanadi. hozir qarshilik termometrlarni tayyorlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi. Mis arzon material bo'lib, uning qarshiligi amalda haroratga chiziqli bog'liq, ya'ni (2) bunda Rt va R0 - t va 0 haroratda termometr qarshiligi. - mis simning harorat koeffitsiyenti = 4,28 10-3 K-1. Mis oksidlanishi tufayli u 200 dan ortiq bo'lmagan haroratlarni o'lchashda qo'llaniladi. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini kiritsa bo'ladi: =0.1710-7 Omm. Platina - qimmatbaho material. Ximiyaviy jihatdan inert va sof holda osonlik bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari - 260 dan +1100 gacha haroratlarni o'lchash uchun qo'llaniladi. Platina qarshiligining haroratga bog'lanishi murakkab bog'lanishdan iborat bo'lib, -183 dan 0 gacha harorat oraligida quyidagicha yozilishi mumkin: (3) 0 dan +630 gacha oraliqda esa, (4) tarzida ifodalanadi, bunda Rt va R0 mos ravishda t va 0 S haroratda platina qarshiligi A, V, S - o'zgarmas koeffitsiyentlar bo'lib, uning qiymati termometrni darajalashda O2, H2O va oltingugurtning qaynash nuqtalari bo'yicha aniqlanadi. Standart qarshilik termometrida qo'llaniladigan PL - 2 markali platina uchun (3) va (4) tenglamalardagi koeffitsiyentlar quyidagi qiymatlarga ega: A = 3,9684710-3 S-1; V = - 5,84710-7 S-1; S = - 4,2210-12 S-1. Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug'lari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan ifloslanishidir. Yarimo'tkazgich termometr ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
927.77 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
927.77 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:03 ]
Arxiv ichida: doc