Qarshiliklarni o'lchashning ko'prik va kompensatsion usuli Reja: 1. Umumiy tushunchalar. 2. Muvozanatlashgan ko'prik sxemasi. 3. Muvozanatlashtirilmagan ko'prik sxemasi. 4. Qarshiliklarni o'lchashning kompensatsion usuli. 5. Avtomatik ko'prik o'lchash sxemasini hisoblash. Tayanch iboralar: Ko'prik sxemasi, muvozanat ko'priklari, nomuvozanat ko'priklari, o'lchash usuli, o'lchash natijasi, o'lchash xatoligi. 1. Umumiy tushunchalar Termometrlar qarshiligini o'lchash uchun texnikada qo'llaniladigan odatdagi muvozanat va nomuvozanat ko'prik sxemalarini qo'llash mumkin. Termometrlarning o'lchov asbobi sifatida muvozanat ko'priklari va logometrlar, yarimo'tkazgichli termoqarshiliklarning o'lchov asbobi sifatida esa odatda nomuvozanat ko'priklari xizmat qiladi. Muvozanat ko'priklar ikki xil: tajribada (noavtomatik) va sanoatda ishlatiladigan (avtomatik) bo'ladi. Avtomatik muvozanat ko'priklar ko'rsatuvchi, o'ziyozar va rostlovchi qilib ishlanadi. Yarim o'tkazgichli termoqarshilikning o'lchov asbobi sifatida esa, odatda, muvozanatlashtirilmagan ko'priklar xizmat qiladi. 2. Muvozanatlashgan ko'prik sxemasi 1-rasmda qarshilik termometri ulanadigan doimiy tok muvozanat ko'prigining prinsipial chizmasi keltirilgan. Ko'prik ikkita doimiy qarshiliklar R1 va R2, reoxord Rr, qarshilik termometri Rt va ulaydigan simlar qarshiliklari Rpr dan iborat. Ko'prikning bir diagonaliga E doimiy tok ta'minlash manbai, ikkinchisiga esa qayta ulagich P orqali nol asbob NP ulanadi. Reoxord Rr ning sirpang'ichi siljishi tufayli erishilgan ko'prikning muvozanat holatida uning dioganalidagi tok kuchi nolga teng bo'ladi, I0=0. Shu momentda ko'prikning «b» va «d» cho'qqilaridagi potensiallari teng bo'ladi. I manba ko'prikning «a» cho'qqisidan ikkiga: I1 va I2 ga bo'linadi. Demak, R1 va R2 qarshiliklarning kamayishi bir-biriga teng bo'lgani uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin: (1) Ko'prikning bc va sd elkalaridagi qarshilikning kamayishi ham teng bo'lgani uchun (2) (1) tenglamani (2) tenglamaga bo'lsak, (3) Agar , va bo'lsa, (4) va (5) Agar atrofdagi haroratni doimiy deb hisoblasak, . U holda (5) tenglama quyidagi ko'rinishni oladi: (6) Shunday qilib, Rt o'zgarishi bilan reoxord qarshiligi Rr ni o'zgartirib ko'prikni muvozanat holatga keltirish mumkin. O'lchanayotgan muhit haroratining o'zgarishi katta bo'lib, ning o'zgarishi sababli yuzaga keladigan xato miqdori ko'payib ketish xavfi paydo bo'lganda, qarshilik termometrining uch simli ulash chizmasi qo'llanadi (2-rasm). Bunday ulash usulida bir simning qarshiligi Rt qarshilikka, ikkinchi simning qarshiligi esa Rr o'zgaruvchan qarshilikka qo'shiladi. Ko'prik muvozanatining tenglamasi quyidagicha bo'ladi: (7) bo'lsa, (8) Bu tenglamada ko'rinib turibdiki, uch simli chizmada simlarning qarshiligi o'lchov natijasiga ta'sir qilmaydi. Uch simli sxemalarda har bir liniya qarshiligi har bir liniyadagi alohida moslash qarshiliklari yordamida berilgan qiymatgacha olib boriladi. Muvozanatlashtirilgan ko'prik sxemalarining kamchiligi (qul manipulyatsiyasini bajarish zaruriyati) muvozanatlashtirilmagan ko'prik sxemalarida bartaraf etilgan. Avtomatik muvozanat ko'priklarda reoxordning jildirgichi avtomatik ravishda siljiydi. Bunday ko'prikning o'lchash chizmasi doimiy yoki o'zgaruvchan tok manbaidan ta'minlanadi. O'zgaruvchan tok muvozanat ko'priklarida faol qarshiliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega, shuning uchun doimiy tok ko'priklari uchun ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
758.36 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
758.36 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:03 ]
Arxiv ichida: doc