Qattiq jism kinematikasi. Qattiq jismning ilgarilama harakati

Qattiq jism kinematikasi. Qattiq jismning ilgarilama harakati

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jism kinematikasi. Qattiq jismning ilgarilama harakati - rasmi

Material tavsifi

Reja Qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakatida uning nuqtalarining kinematikasi. Qo'zg'almas o'q atrofidagi tekis tezlanuvchan aylanma harakat. Qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakatida burilish burchagi, burchakli tezligi va burchakli tezlanishini hisoblash Qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati Qattiq jismning ilgarilama harakati Qattiq jismlarning harakatlarini o'rganishdan oldin, statika qismida ko'rilganidek, ularni absolyut qattiq deb faraz qilinadi, yani ularning harqanday harakatlarida ham ularda olingan ixtiyoriy ikkita nuqta orasidagi masofa o'zgarmas bo'lib qoladi. Qattiq jism kinematikasida ikkita asosiy masala ko'riladi: Qattiq jismning butunligicha qilayotgan harakatini o'rganish, Qattiq jismning harakatida unda olingan ixtiyoriy nuqtaning traektoriyasi, tezlik va tezlanishlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Qattiq jismning ilgarilama harakati. Avvalo ilgarilama harakatning ta'rifini o'rganaylik. Ilgarilama harakat deb shunday harakatga aytiladiki, harakat davomida qattiq jismda ixtiyoriy olingan to'g'ri chiziq har doim o'z - o'ziga parallel holatda ko'chadi. Ilgarilama harakatdagi qattiq jismning nuqtalarining traektoriyalari to'g'ri yoki egri chiziqlardan iborat bo'lishlari mumkin. Masalan ilgarilama harakatlanuvchi poezd vagonining nuqtalarining traektoriyalari to'g'ri chiziqlardan iborat bo'ladi, lekin velosiped pedalining nuqtalarining traektoriyalari egri chiziqlardan iborat bo'ladi va xokazo. Ilgarilama harakatga boshqacha ta'rif ham berish mumkin. Masalan, qattiq jismning harakatida uning barcha nuqtalarining traektoriyalari bir xil bo'lsa, bunday harakat ilgarilama harakat deyiladi. Haqiqatdan ham harqanday ilgarilama harakatda uning ixtiyoriy nuqtalarining traektoriyalari bir xil bo'lib, ularni ustma ust qo'yilsa bir birini yopadi. shakl Endi qattiq jismning ilgarilama harakatida uning nuqtalarining tezlik va tezlanishlarini aniqlashni ko'rib chiqamiz. Buning uchun qattiq jismda ixtiyoriy ikkita A va V nuqtalar tanlab olaylik, ularning radius vektorlari tegishlicha rA va rB bo'lsin. A nuqtaning harakati orqali V nuqtaning harakatini aniqlash uchun quyidagi vektor tenglamani yozaylik, yani (1) bo'ladi. V nuqtaning tezligini aniqlash uchun (1) vektor tenglamadan vaqt bo'yicha bir marta hosila olamiz, (2) Lekin absolyut qattiq jismda olingan harqanday AV kesma, o'zining uzunligini (modulini) o'zgartirmasligi va harakat ilgarilama bo'lganligi sababli , yani 1 shakldan ko'rinib turgandek AV kesma doimo o'z-o'ziga parallelligini saqlab qolishini etiborga olsak, oxirgi yig'indi nolga teng bo'ladi, yani bo'ladi, shu sababli (2) tenglamadan quyidagini olamiz, (3) formuladan ko'rinib turibdiki, ilgarilama harakatdagi harqanday jismning barcha nuqtalarining tezlik vektorlari birxil bo'lar ekan. Tezlanishni aniqlash uchun (3) tenglikdan vaqt bo'yicha bir marta hosila olamiz, (4) Demak ilgarilama harakatdagi qattiq jismning barcha nuqtalarining tezlanish vektorlari ham bir xil bo'lar ekan. Ushbu ikki qoida orqali, shuni aniqladdikki, ilgarilama harakatdagi qattiq jismning birorta nuqtasini tezligini bilish barcha nuqtalarning tezligini bilishga teng ekan. Xuddi shunday qoida tezlanishlar uchun ham o'rinlidir. 2.Qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati. Faraz qilaylik birorta qattiq jism qo'zg'almas Oz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.42 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.42 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga