Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Konveksiya

Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Konveksiya

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Konveksiya - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarda issiqlik uzatilishi. Issiqlik o'tkazuvchanlik. Konveksiya Issiqlikning bir joydan ikkinchi joyga o'ta olishini hamma biladi. Pechka yoki isitish batareyalaridan chiqqan issiqlik butun uyga tarqaladi. Stakanga quyilgan choyga qoshiq solib qo'ysangiz, qoshiq isib qoladi. Quyoshdan chiqqan issiqlik ham Yerga yetib keladi. Xo'sh, issiqlik qanday uzatiladi? Modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarimiz, issiqlik uzatilishi undagi molekulalar harakati bilan bog'liq degan xulosaga keltiradi. E'tibor bergan bo'lsangiz, tutun ba'zan yuqoriga ko'tariladi, ba'zan yoyilib tarqaydi. Havoda ba'zan bulutlar ancha muddat o'zgarishsiz tursa, ba'zan shiddat bilan harakatga tushib qoladi. Ularni qanday tushunish mumkin? Pechka yonidagi havo qiziganda u kengayadi va zichligi kamayadi. Arximed kuchi ta'sirida u yuqoriga ko'tariladi. Uning o'rniga zichligi katta sovuq havo oqib keladi. Natijada isitilganligi turlicha bo'lgan havo qatlamlari orasida oqim vujudga keladi. Bu hodisaga konveksiya (lotincha - olib kelish) deyiladi. Konveksiyani isiriq yordamida oson kuzatish mumkin (74-rasm). Konveksiya faqat gazlarda emas, balki suyuqliklarda ham bo'ladi. Idish tagidan berilgan issiqlik suyuqlikdagi konveksion oqim tufayli yuqoriga ko'tariladi. Suyuqliklarda konveksiyani namoyish qilib ko'rsatadigan tajribani o'ylab toping. Qattiq jismlarda zarralar bir joydan ikkinchisiga ko'chmaydi. Ular faqat turgan joylarida tebranib turadi. Qattiq jismlarda atomlar birbiriga yaqin joylashganligidan issiqlikni shu tebranishlar orqali bir-biriga uzatadi. Bunday usulda issiqlikni uzatishga issiqlik o'tkazuvchanlik deyiladi. Turli moddalarning issiqlik o'tka zuvchanligi turlicha. Buni quyidagi tajribada ko'rish mumkin (75-rasm). Sterjendan bir xil uzoqlikda mis, temir, aluminiy, yog'ochdan yasalgan bo'laklarni mahkamlaylik. Bo'laklar uchiga gugurt cho'plarini shamga o'xshab oson eriydigan modda bilan yopishtiraylik. Bo'laklar mahkamlangan o'rtadagi diskni sekin qizdiraylik. Issiqlik o'tkazuvchanligining katta-kichikligiga qarab gugurtlar birin-ketin tushib ketganligini ko'ramiz. Jadvalga qarab gugurtlar qaysi tartibda tushishini ayting. Suyuqliklarning issiqlikni qanday o'tkazishini o'rganish uchun quyidagicha tajriba o'tkazaylik. Uzun probirka olib, uning tagiga muz bo'laklarini solaylik. Ustidan esa metall sharcha bilan bostirib qo'yaylik. Sharcha ustidan suv quyib, rasmda ko'rsatilgan holatda yuqori qismidan qizdiraylik. Dastlab suv isib bug'lanadi, so'ngra yuqori qismi qaynay boshlasada, probirka tagidagi muz erimasdan turadi (76-rasm). Sababi haqida o'ylab ko'ring. Havo ham suyuqlik kabi issiqlikni yomon o'tkazadi. Yonib turgan gugurt yoki qizigan pechka yaqiniga qo'limizni yaqin tutib, kuydirmasdan tura olamiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 487.98 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 487.98 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga