Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi

Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 12-mavzu: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi Sovuq qish kunlarida hovuzlar, ko'llar va ariqlarda suv muzlaydi. Yozda, aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi. Bunda suv bug'ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda uchraydi. Qattiq - muz holatida, suyuq - suv va gazsimon - bug' holatida. Demak, bug', suv va muz bir xil molekula lardan tashkil topgan. Ular faqat molekulalarning o'zaro joylashishi va harakati bilan farq qiladi. Bug' alohida-alohida molekulalardan tashkil topgan bo'lib, to'xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. Shu sababli suv yuzasidan ko'tarilgan bug' havoga oson aralashib ketadi. Havo tarkibida har doim suv bug'lari bo'ladi. Shuningdek, havoda kislorod, karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor. Ularning molekulalari ham to'xtovsiz va tartibsiz harakatda bo'ladi. Deraza tirqishidan tushgan yorug'likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang zarralarining ham to'xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin. Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan to'xtovsiz to'qnashib turishlari tufaylidir Puflanadigan yupqa sharni biroz shishirib, og'zini mahkam bog'laylik. Uni qo'l bilan qissak kichrayganini ko'ramiz. Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa sharni olib, birini birorta naycha orqali puflab shishiraylik. So'ngra sharcha og'zini ip bilan mahkam bog'lab, naychaning ikkinchi uchini boshqa puflanmagan sharcha og'ziga mahkamlaylik. So'ngra birinchi sharcha og'zidagi bog'langan ipni ochib yuborsak, havo naycha orqali ikkinchi sharchaga o'tib uni shishiradi (9-rasm). Demak, gaz bir idishdan ikkinchisiga tutashtirilgan nay orqali o'z-o'zidan o'ta oladi. Gazni qaysi idishga solmaylik, o'sha idish shaklini va hajmini to'la egallaydi. Gazlarning mole kulalari orasidagi masofa moleku lalarning o'lchamidan o'rtacha 100-100 marta katta. Bunday masofada molekulalarning o'zaro tortishish kuchi juda kichik bo'ladi. Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas. Suyuqlik biror idishga qu yilsa, o'sha idish shaklini egallaydi. Lekin o'z xususiy haj mini saqlaydi. Do'konlarda yaxna ichimliklarni 1,5 l, 1 l va 0,5 l li idishlarda sotilishini yax shi bila siz. Avtomobil yonilg'ilari ham litrlab o'lchanadi. Suyuqliklarda molekulalar yaqin joylashganligi tufayli o'zaro tortishish kuchlari sezilarli bo'ladi. Shunga ko'ra o'z hajmini saqlaydi. Lekin og'irligi ta'sirida «yal payib» idish shaklini oladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi torti shish kuchi suyuqlik shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Shunday bo'lsada, suyuqlikni siqish juda qiyin. Bir tajribada suvni siqish uchun uni qo'rg'oshin shar ichiga quyib, og'zi kavsharlangan. Shundan keyin sharni qisish uchun uni og'ir bolg'a bilan urilgan. Bunda suv qisilmasdan sharni yorib sizib chiqqan. Suyuqlik xususiy hajmga ega, lekin shaklga ega emas. Atrofimizdagi ko'pchilik nar sa lar qattiq jismlardan iborat. Ruchka, parta, uy, mashina va h.k. Ularning barchasi o'z shakliga ega. Ularning shaklini o'zgartirish uchun katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 607.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 607.39 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga