Qattiq jismlar mexanikasi Nazariy muqaddima Qattiq jismlarda zarralar (molekulalar, atomlar va ionlar) tartibli joylashgan bo'lib, kristal panjara yoki fazoviy panjara hosil qiladi.Molekula, atom yoki ion joylashgan o'rinlar panjarani tugunlari deyiladi. Fazoviy panjarani shakllari turli-tuman bo'lishi mumkin, lekin ixtiyoriy bo'lmaydi. Fazoviy yoki kristal panjaradagi zarralarning simmetrik va zich joylashishlariga sabab, ularning tortishish yoki itarishish kuchlarining muvozanatlanishidir. ELYeKTR KUChLARI Ana shu ta'sir kuchlari tufayli qattiq jism o'z shaklini yoki hajmini doimo saqlaydi. Zarralarning o'zaro ta'sir kuchi - bu elektr kuchlaridir. Masalan: fazoviy panjara tug'unlarida turli ishorali ion joylashgan bo'lsa, o'zaro ta'sir kulon kuchidan iborat bo'ladi. Fazoviy panjarani turli yo'nalishi bo'yicha zarralarni zichligi har xil bo'ladi. Shuning uchun ham qattiq jismning turli yo'nalishi bo'yicha fizik xossalari ham har xil bo'ladi. Bunga kristal anizotropiyasi deyiladi. Masalan: 1.Qattiq jism deformatsiyasi; 2.Qattiq jismning issiqlik o'tkazuvchanligi; 3.Issiqlikdan kengayish; 4.Qattiq jismning issiqlik sig'imi. QATTIQ JISM DYeFORMATSIYASI. Yuqorida ko'rib o'tdikki, qattiq jismlar kristal holda bo'lib, kristal panjara tugunlarida joylashgan zarralar o'zaro ta'sirlashadi va bu ta'sirlarning teng tashkil etuvchisi nolga teng bo'ladi. Agar qattiq jismga tashqi kuch ta'sir etsa, zarralar muvozanat vaziyatidan siljiydi. Natijada zarralarni o'zaro ta'sir kuchlari zarrani avvalgi joyiga qaytarishga harakat qiladi. ELASTIK DYeFORMATSIYA Agar siljish uncha katta bo'lmasa, zarralarning o'zaro ta'sir kuchi zarralarni o'z joyiga qaytaradi. Bunday hodisaga elastik deformatsiya deyiladi. Agar tashqi kuch katta bo'lsa zarralarning muvozanat vaziyatidan siljishi katta bo'ladi, natijada zarralarning o'zaro ta'sir kuchi zarralarni avvalgi holatiga qaytara olmaydi. Bu hodisa plastik deformatsiya deyiladi. Demak qattiq jismlarning tashqi kuch ta'sirida shaklini yoki hajmini o'zgarishiga deformatsiya deb ataladi. Deformatsiyani o'zi bir necha ko'rinishga ega. cho'zilish yoki siqilish deformatsiyasi, siljish deformatsiyasi, egilish deformatsiyasi, buralish deformatsiyasi. ChO'ZILISh DYeFORMATSIYASI Cho'zilish deformatsiyasini ko'rib chiqaylik: uzunligi ℓ ko'ndalang kesim yuzi S bo'lgan sterjen olib, uni bir tomonini mahkamlab, ikkinchi tomoniga tashqi kuch ta'sir ettiramiz. Bu kuchga qarama-qarshi yo'nalgan elastiklik kuchi paydo bo'ladi. Demak elastiklik kuchi - bu zarralarning o'zaro ta'sir kuchlarining teng tashkil etuvchisidir. ELASTIK DYeFORMATSIYALANGAN JISM Elastik deformatsiyalangan jismda paydo bo'lgan elastiklik kuchi jismni istalgan kesimida jismga ta'sir etuvchi tashqi kuch bilan muvozanatlashadi. Shu sababli elastik kuch qiymatini, tashqi kuch qiymati orqali aniqlash mumkin. Elastik kuch qiymati kuchlanish bilan xarakterlanadi. Birlik yuzaga (S) ta'sir etayotgan natijaviy elastik kuchga (F) kuchlanish deyiladi. Qattiq jismlar mexanikasi Reja: 1. Nazariy muqaddima 2. Qattiq jism deformatsiyasi. 3. QATTIQ JISMNI ISSIQLIKDAN KYeNGAYISh XOSSASI. 4. POLIMYeRLAR DYeFORMATSIYASI. Nazariy muqaddima Qattiq jismlarda zarralar (molekulalar, atomlar va ionlar) tartibli joylashgan bo'lib, kristal panjara yoki fazoviy panjara hosil qiladi.Molekula, atom yoki ion joylashgan o'rinlar panjarani tugunlari deyiladi. Fazoviy ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
182.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
182.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:04 ]
Arxiv ichida: ppt