Qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari elastiklik va plastiklik

Qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari elastiklik va plastiklik

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari elastiklik va plastiklik - rasmi

Material tavsifi

OCHIQ DARS ISHLANMA Mavzu: Qattiq jismlarning tuzilishi. Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari: elastiklik va plastiklik. Reja: Amorf va kristall jismlar. Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Mexanik kuchlanish. Kristall va amorf jismlar. Qattiq jismlarning suyuqlik va gazlarning asosiy farqi ularning о'z hajmlari va shakllarining saqlay olishdir. Ammo shunday qattiq moddalar ham borki, ulаr qattiq holda bо'lsalar ham ularning xossalari suyuqliklar kabi izatropdir, уа'ni ularning xossalari уо'nalishga bog'liq emas. Shuning uchun qattiq jismlarning о'zlari ham ikki xil bо'ladi: kristall va аmorf jismlar. Shu ikki xil qattiq jismlarning fizik xossalari bir- biridan keskin farq qiladi. Bur jinsli kristall jismlarning asosiy xossasi ularning anizatropligidir. Bunday jismlarning issiqlikdan kengayishi, issiqlik о'tkazuvchanligi. mexanik mustahkamligi, dielektrik doimiyligi, sindirish ko'rsatkichi va shu kabi boshqa ko'pgina xossalari уо'nalishga bog'liq, уа'ni turli xil уо'nalishlarga turlichadir. Kristall jismlarga misol qilib, turli xil metallar, osh tuzi, kvars va boshqalarni Agar kristall bir markazdan о'sgan bo'lsa unga monokristall, ko'р markazdan iborat bo'lsa polikristall (masalan, navvot) deyiladi. Polikristallarga turli xil metallar kiradi. Amorf (grekcha-shaklsiz moddalarning kristallardan asosiy farqi ularning fizik xossalarining turli уо'nа1ishlarda birday bo'lishidir, Bo'larga misol qilib mum shisha,parafinlarni keltirish mumkin. Ulаr aslida qattiq holdagi suyuqliklardir. Сhunki ulanung molekulyar tuzilishi suyuqliklarning tuzilishiga о'хshash. Shuning uchun qattiq jismlar deganda biz, asosan, kristall jismlarni tushinamiz. Shunday moddalar ham borki, ular ham kristall, ham amorf xossalarini namoyon qiladi. Masalan shakar, kristall holdadir. U eritilsa tiniq shakarli suv аmorf aylanadi. Vaqt о'tishi bilan shakarli suv ichida yana shakar kristallari paydo bo'la boradi. Kristallarning anizatrop xossasiga еga bо'lishga sabab ularni tashkil etuvchi zarralarning kristallik panjara davriy ravishda takrorlanuvchan joylashuviga ega еkanligigadir. Ularning zarralari aniq tartibga ko'ra joylashib, muvozanat holat atrofida теbrаnmа harakatdagi fazoviy struktura hosil qiladi Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Deformatsiya deb, tashqi kuch ta'sirida jismlar shakli va hajmi о'zgarishiga aytiladi. Deformatsiya kattaligi jismning о'lchamlariga, qo'yilgan kuchning qiymatiga va jismning moddasiga bog'liq bo' ladi. Jism moddasining xususiyatiga qarab, deformatsiyalar elastik va qoldiq deformatsiyalarga bo'1inаdi. Elastik deformatsiya deb, tashqi kuch ta'siri tugatilishi bilan jismning о'zgargаn shakli va hajmi tiklanadigan deformatsiyaga aytiladi. Bunday xususiyatga ega bо'1gаn jismlarga elastik jismlar deyiladi. Agar tashqi kuch ta'siri tugatilgandan keyin jismning о'zgargan shakli va hajmi tiklanmasa, bunday deformatsiyga qoldiq (plastik) defotmatstya deyiladi. Вundау xususiyatga ega bo'lgan jismlarga esa plastik jism1аr deyiladi Elastiklik kuchlari va Guk qonuni. Qo'yilgan kuchning sterjin ta'siri kuchlanish yoki zo'riqish deb ataluvchi fizik kaftalik bilan xarakterlanadi. Mexanik kuchlanish deb, sterjinning bir birlik kesim yuziga tik ravishda ta'sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bu1gan fizik kattalikka ауtiladi; уа'ni: HB sistemasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 214.28 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 214.28 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga