Qattiq jismlarning xossalari

Qattiq jismlarning xossalari

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jismlarning xossalari - rasmi

Material tavsifi

Qattiq jismlarning xossalari Mavzuni o'rganishning vazifalari. Qattiq jismlar fizikasi zamonaviy materialshunoslikning asosi bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli maktab fizika kursida qattiq jismlar fizikasini o'rganishga bag'ishlangan o'quv materiali qattiq jismning tuzilishi va xossalari haqidagi fanning zamonaviy holatini aks ettirmogi lozim. Fizika kursida qattiq jismlarning tuzilishi va xossalarni o'rganish, qattiq jismlarni olish va ulardan amalda foydalanish masalalari bilan uzviy bog'liqdir. Zamonaviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari qattiq jismlarning texnikada qo'llanilishining fizik asoslari haqidagi ma'lumotlarni ham o'z ichiga oladi. Binobarin, o'quv materialining mavzusi konstruksion va qurilish materiallari zamonaviy texnologiyasining asosida yotuvchi ma'lum fizik g'oyalarni aks ettirishi lozim. Bu o'quvchilarga qattiq jismlarning mexanik xossalari va tuzilishini o'zgartirish haqidagi umumiy tushunchalarni olish imkonini beradi. Ideal va real kristallarning tuzilishini bilish maktabda metallar va yarim o'tkazgichlarning tuzilishi hamda ularning elektr o'tkazuvchanligi mexanizmini o'rganish uchun kerak bo'ladi. Mexanik xossalar. Qattiq jismlar deformatsiyasi va ularning mexanik xossalarining xarakteristikalariga bog'liq masalalar kristall va amorf qattiq jismlarning tuzilishi va xossalarini o'rganishdan oldin ham qarab chiqilishi mumkin. O'quvchilarni mexanik xossalar bilan tanishtirayotganda elastik va plastik xossalar haqidagi birlamchi ma'lumotlarni o'quvchilar o'rta umumiy ta'lim fizika kursi darslarida olishlarini, maktab ustaxonasida ishlash esa ularning eng ko'p qo'llanuvchi qattiq materiallarning mexanik xossalarining turlichaligi bilan amalda tanishtirishini yodda tutmoq lozim. Kasb-hunar kollej va litseylarida esa, mexanik xossalarning miqdoriy xarakteristikalari: elastiklik moduli, oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik, plastiklik qarab chiqiladi. Mexanik xossalar bilan o'quvchilarni materiallar sinovi haqida hikoya qilib berish asosida tanishtirgan ma'qul. Bunday yondashuv birinchidan, o'quvchilarni texnikada mexanik xossalar qanday aniqlanishi bilan tanishtirish, ikkinchidan, qattiq jismlarning barcha mexanik xossalarini yagona nuqtai nazardan qarab chiqish imkonini beradi. Tajribada materialni cho'zilishni tekshirish metodi eng keng tarqalgan. Bunday tekshirish natijasida odatda, tahlili mexanik xossalarning asosiy xarakteristikasini aniqlash imkonini beruvchi-cho'zilish diagrammasi chiziladi. Shuning uchun cho'zilish diagrammasi tevaragida o'quvchilarning qattiq jismlarning mexanik xossalarining miqdoriy baholanishi bilan tanishtirish mumkin. Cho'zilishni tekshirishga imkon beruvchi asbob yor-damida mazkur qismga tekshirilayotgan material nusxasiga qo'yilayotgan kuchlanish yo'qolgani hamono butkul yo'qoluvchi elastik deformatsiya mos kelishini ko'rsatish mumkin. O'quvchilarga material tabiatidagi qanday o'zgarishlar oquvchanlik chegarasini o'zida aks ettirishini tushintirib berish, ularni ba'zi qattiq materiallar (metallar, qotishmalar, plastmassalar) ning oquvchanlik chegarasi kattaliklari orasidagi farqlar bilan tanishtirish hamda texnikada turli materiallarning oquvchanlik chegarasini bilish qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so'zlab berish foydalidir. Kuchlanishning o'zgarishini kuzatib va cho'zilish diagrammasini tahlil qila borib, plastik deformatsiyalanish orta borgan sari namunaga borgan sari kattaroq kuchlanishlar qo'yishga to'g'ri kelishi, ya'ni materialning plastik deformatsiyalarga qarshiligi orta borishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ko'pgina metallarning bu ajoyib xossasi-plastik deformat-siyalanishi natijasida mustahkamlanish xususiyati ortishi (parchalanish) qaychi bilan qirqilgan tunukaning chetlari plastikligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.82 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.82 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga