Qattiq jismning tekislikga parallel harakati. Tekislikka parallel harakatdagi qattiq jismning tenglamasi

Qattiq jismning tekislikga parallel harakati. Tekislikka parallel harakatdagi qattiq jismning tenglamasi

O'quvchilarga / Fizika
Qattiq jismning tekislikga parallel harakati. Tekislikka parallel harakatdagi qattiq jismning tenglamasi - rasmi

Material tavsifi

Reja 1.Qattiq jismning tezliklarini oniy tezliklarp markazi orqali aniqlash. 2. Qattiq jismning ikki nuqtasining tezliklarining proyeksiyasi haqidagi teorema. 3. Qattiq jismning tekislikka parallel harakatidagi nuqtalarining tezliklarini aniqlash. 4. Qattiq jismning tekislikka parallel harakatidagi nuqtalarining traektoriyalarini aniqlash. 5.Qattiq jismning tekislikka parallel harakati. Harqanday texnologik mashinaning birorta zvenosi, belgilangan harakatlardan ozgina chetlasa, butun mahsulot brak bo'lishi mumkin. Shunday masalalarni yechish uchun ushbu ma'ruza asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Tayanch so'z va iboralar: Qattiq jismning tekislikka parallel harakati, uning harakat qonuni, qutb, oniy tezliklar markazi, qattiq jismning ikki nuqtasining tezliklarining proyeksiyalari haqidagi teorema. 1.Qattiq jismning tekislikka parallel harakati. ta'rif: Qattiq jismning tekislikka parallel harakati deb, shunday harakatga aytiladiki, shu qattiq jismda olingan ixtiyoriy tekislik harakat davomida hardoim birorta qo'zg'almas tekislikka paralleligini saqlab qolaveradi. Bunday harakat qiluvchi qattiq jismlar deyarli har bir mashina va tenologik dastgohlarda birnechalab uchraydi. Masalan, avtomobilning to'rtta g'ildiragi, poezdning barcha g'ildiraklari, krivoship - shatun mexanizmining shatuni va hoka'zolar (1shakl). 1 shakl. shaklda xOu tekisligida, qattiq jism tekislikka parallel harakat qilmoqda, bunday harakatning asosiy belgisi shundan iboratki, jism hardoim bir xOu tekisligida qoladi, lekin shu jismda olingan ixtiyoriy AV kesma, o'z o'ziga paralleligini saqlamagan holda harakatlanadi. Shakldan ko'rib turganingizdek, AV kesma OX o'qi bilan mutloq boshqa burchak tashkil etgan hol tasvirlangan. Boshqacha qilib aytganda shu qattiq jism ikkita oddiy harakatda ishtirok etadi, bittasi ilgarilama harakat, ikkinchisi aylanma harakat. Bunday harakatda ham asosan ikkita masala echiladi: Birinchi masala, shu qattiq jismning umumiy kinematikasi, yani qaysi nuqtaligidan qatiy nazar bo'lgan kinematik parametrlar, yani qattiq jismning burchakli tezligi, burchakli tezlanishi va (polyus) qutbning harakat qonuni. Ikkinchi masala, shu qattiq jismning ixtiyoriy olingan nuqtasining kinematikasi, yani uning traektoriyasi, chiziqli tezligi va chiziqli tezlanishini aniqlashdan iborat bo'ladi. Agar shu ikkala masalani, ixtiyoriy olingan vaqt uchun aniq tenglamalar orqali echaolsak, qattiq jismning tekislikka parallel harakatining kinematikasini o'rgangan hisoblanamiz. Demak oldimizga qo'yilgan shu ikkita vazifa aniq bo'ldi, endi shu ikki masalani qanday echilish yo'llari bilan sekin asta tanishib chiqaylik. Avvalo qattiq jismning birorta nuqtasini qutb deb tanlab olamiz, so'ngra qolgan barcha nuqtalarining harakatlarini shu qutb nuqta orqali aniqlanadi. Qutbni tanlash qanday bo'lishi maqulroq, degan savolga javob shuki, qaysi nuqtaning tezligi malum bo'lsa shu nuqtani qutb deb tanlab olinadi, agar tezligi nolga teng bo'lgan nuqta qutb deb qabul qilinsa, ishimiz yana ham alo bo'ladi. 2 shakl. Tekislikda xOu qo'zg'almas koordinata o'qlarini o'tkazaylik (2 shakl), agar qattiq jismdagi A nuqtaning harakat qonuni bizga malum bo'lsa, uni qutb deb qabul qilaylik. Qattiq jismda ixtiyoriy boshqa V nuqtaning harakat qonunini aniqlash talab etilsin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.2 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.2 KB
Ko'rishlar soni 150 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga