Qaynash. Bug' hosil qilsh va kondensatsiyasida issiqlik balansi tenglamasi Mazmuni: qaynash; qaynash temperaturasining bosimiga bog'liqligi; solishtirma bug' xosil bo'lish issiqligi; kondensatsiyasida issiqlik balansi tenglamasi. Qaynash. Qaynash deb, suyuqlikning ham sirti, xam butun hajmi bo'ylab bug' pufakchalarining jadali hosil bo'lishi bilan bug'ga aylanish jarayoniga aytiladi. Demak, qaynash suyuqlikning bug'ga aylanishining xususiy holdir. Endi ochiq idishga suyuqlikni qizdiraylik. Нar qanday suyuqlikda ham ma'lum miqdorda erigan gaz mavzud bo'ladi. Temperatura ortishi bilan gaz suyuqlikdan ajraladi va idishning ichki devorlariga kichik pufakchalar ko'rinishida yopishib qoladi. Temperatura ko'tararilgan sari pufakchalarning o'lchamlari orta boradi va suyuqlik sirtiga qalqib chiqa boshlaydi. Suyuqlikning yuqori, kam qizdirilgan qatlamlariga ko'tarilgan pufakchalarning hajmi, suv bug'larning pufak ichidagi kondensatsiyasi tufayli kichraya boradi. Suyuqlikning temperaturasi tenglashganda pufakcha hajmi ko'tarilishi davomida kattalashadi. Bunga sabab pufakcha ichidagi to'yingan bug'ning bosimi pT = nkT o'zgarmay qolgan bir payinda gidrostatik bosimi pT = pgh ning kamayishi. Kattalashib borayotgan pufakchaning ichi to'yintiruvchi bug'ga to'la bo'ladi, chunki temperatura o'zgarmas bo'lganda to'yintirvchi bug'ning bosmi hajmiga bo'g'liq bo'lmaydi. Pufakcha suyuqlik sirtiga etganda undagi to'yintiruvchi bug'ning bosimi amalda suyqlik sirtidagi atmosfera bosimiga teng bo'ladi. Pufakchani to'ldirib turgan to'yintiruvchi bug'ning atmosferaga chiqariladi. Qaynash ro'y beradi. Suyuqlik to'yintiruvchi bug'ning bosimi tashqi bosmga teng bo'lganda, qaynash jarayoni butun suyuqlik bo'ylab bir xil temperaturada ro'y beradi. Narmal sharoitda har bir suyuqlik to'yintiruvchi bug'ning bosimi uning sirtidagi tashqi bosimga teng bo'ladigan ma'lum bir temperaturada qaynaydi. Bu temperatura qaynash temperaturasi deyiladi Qaynash temperaturasining bosmga bog'liqligi. Agar suyuqlik sirtidagi bosim kichikroq bo'lsa, unda qaynash paytida unga teng bo'ladigan suyuqlik to'yintiruvchi bug'ning bosimi ham pastroq bo'ladi. Demak, qaynash temperaturasi ham pastroq bo'ladi. Shunday qilib, qaynash temperaturasi tashqi bosimga bog'liq bo'ladi degan xulosaga kelamiz. Tashqi bosim qancha past bo'lsa, suyuqlikning qaynash temperaturasi ham shuncha past bo'ladi. Atmosfera bosimi past bo'lgan tog' cho'qqilarida suvning dengiz sathidagidan ko'ra pastroq temperaturalarda qaynashi xulosamizning yaqqol isbotidir. Atmosfera bosimi ancha yuqori 15 atm (15*105 Pa bo'lgan bug' mashinalarning qozonlarida suvning qaynash temperaturasi 200 C ( 473 K) ga yaqin bo'ladi. Solishtirma bug' hosil bo'lish issiqligi. Qaynash jarayonida suyuqlikka beriladigan issiqlik miqdori, asosan, quyidagilarga sarflanadi: Bug' pufaklar hosil bo'lganda va xarakatlanishda tashqi bosimga qarshi ish bajarad: Suyuqlikning bajarilishi natijasida yo'qotilgan issiqlikning o'rnini to'ldirish. Bir xil temperaturadagi turli xil suyuqliklarning bir xil miqdorini bug'ga aylantirish uchun qancha issiqlik miqdor sarflanadi? Temperaturasi turlicha bo'lgan bir xil suyuqlikning bir xil miqdorini -chi? Tabiiyki, har ikkala holda ham turlicha issiqlik miqdori sarflanadi. Bu xulosani oydinlashtirish uchun solishtirma bug' hosil bo'lish issiqlikligi tushunchasi kiritiladi. Solishtirma bug' hosil bo'lish issiqligi r deb, 1 ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.83 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.83 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:05 ]
Arxiv ichida: doc