Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalaridan foydalanishda barcha mulk shaklidagi tadbirkorlarga davlatning amaliy yordami Davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning har tomonlama hamkorligi asosida energetik muammoni hal etilishining samarasi beqiyosdir. AQSHda keng hamkorlik spektori doirasida kichik nodavlat tashkilotlar uchun Osiyo-Tinch okeani hududiy birlashmasida tuzilgan hamkorlik asosida oddiy plitkadan quyosh batareyasini qurayotganlarga ham qanday qilib keng miqyosda sof ekologiya va iqlim masalalarini rivojlantirish o'qitiladi. Bunday ixtiyoriy hamkorlik Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Janubiy Koreya mamlakatlarida amalga oshirilib, AQSH bilan birga jahon energiya istemolining 50 foizini tashkil etadi. Ular sof va samarali texnologiyalar va hamkorlarning tegishli mamlakatlarda atrof-muhitni ifloslanishini qisqartirish, energetika xavfsizligi va iqlim o'zgarishini maqsad qilishgan. Hamkorlikning oxirgi muvaffaqiyat mezoni - joylarda aniq natija berayaptimi yoki yo'q, erishilayotgan natijalar haqida gapirilganda, haqiqatdan ayrim hamkorlik ijobiy rol o'ynaydi. Masalan, toza turdagi yoqilg'i va transport vositasi, bozor yo'nalishidagi hamkorlik, energiya ta'minotiga erishish va energiya istemoli samaradorligini yaxshilash hamda atrof-muhitning sofligini namoyish qiladi. AQSHda hamkorlikda bajarilayotgan ishlarda, hamkor qatnashchilarning hisobdorligi bo'lishi kerak deb hisoblanadi. Shu maqsadda sayt yaratilib, u amerikalik hamkorlarning mustahkam rivojlanish sohasidagi ma'lumotlari bilan doimo yangilanib turiladi. Respublikamizda ham bu borada malum ishlar qilinmoqda jumladan, shu yilning iyul oyida BMTning taraqqiyot dasturi va O'zbekiston hukumatining hamkorlik doirasida Toshkentda «O'zbekistonning milliy iqtisodiyotini kam uglerodli rivojlanish yo'liga o'tishni qo'llab-quvvatlash» mavzusida tematik seminar tashkil etilgan. Unda Markaziy Osiyo, shu jumladan, O'zbekiston agrar sektorida biogaz qurilmalariga talab ko'payganligi va ushbu mavzuga qiziqish katta ekanligini marketologlar xulosasidan malumligi takidlangan. Shuningdek, seminarda qator faktorlarga xizmat qilishi, jumladan, qayta tiklanadigan energiya sotib olishni imtiyozli qarzlar orqali tashkillashtirish va iste'molchilar uchun qisman investitsiyalarni qaytarish, ishlab chiqaruvchilar va QTEM qurilmalari uskunalarini yetkazib beruvchilar uchun soliq imtiyozlari belgilash, energiya balansida taminlovchi QTEM ishlab chiqargan tashkilotning elektr energiyasining majburiy hissasini aniqlash kabi jarayonni tezlatish zarurligi takidlangan. Respublikamizda jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o'rtasidagi hamkorlikka ehtiyoj paydo bo'layapti. Bunday hamkorlikning yangi shakllari, usullari hamda ko'rinishlari paydo bo'lmoqda. Bulardan biri - ijtimoiy sheriklik. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslarini yuksaltirishdek ezgu vazifalar belgilab berilgan. Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi qonun loyihasi qabul qilinsa, uni hayotga tatbiq etishdan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining jamiyat hayotidagi mavqei ko'tariladi, fuqarolarni huquq va erkinliklarini ro'yobga chiqaruvchi subyekt sifatidagi obro'si oshadi. Ijtimoiy sheriklikka oid huquqiy aloqalarni takomillashuvi davlat va nodavlat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishga huquqiy zamin yaratish barobarida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hayotdagi o'rni va rolini yanada yuksaltirishga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.03 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:05 ]
Arxiv ichida: doc