Qo'sh qutbli tranzistorlar ulanishining asosiy sxemalari Tranzistorlar ulanishining uch asosiy sxemalari mavjud. Bunda tranzistorning elektrodlaridan biri kaskadga kirish va chiqish umumiy nuqtasi hisoblanadi. Esda tutish kerak, kirish (chiqish) deganida nuqtalar oralig'ida kiruvchi (chiquvchi) o'zgaruvchan kuchlanish borligi tushuniladi. Asosiy ulanish sxemalari umumiy emitterli (UE), umumiy bazali (UB) va umumiy kollektorli (UK) sxemalar deb nomlanadi. 15-rasmda umumiy emitterli (UE) sxema tasvirlangan. Bu sxema ko'p tarqalgan, chunki quvvati bo'yicha eng katta kuchayishni beradi. 15-rasm. Tranzistorning kuchaytirish hususiyatlari uning asosiy parametrlardan birini ta'riflaydi. Bu baza tokining uzatish statik koeffitsiyenti yoki tok bo'yicha kuchaytirish statik koeffitsiyenti. U faqat tranzistorni o'zini tariflash kerak bo'lgani uchun, uni yuklash bo'lmagan (Rk=o) rejimida aniqlashadi. Soni bo'yicha u teng: Uk-e = const bo'lganida. Bu koeffitsiyent o'nlar yoki yuzlarga teng bo'ladi, ammo haqiqiy (real) koeffitsiyent ki, doim dan kam (kichik), chunki yuklanish ulanganda kollektor toki kamayadi. Kuchlanish bo'yicha Kk kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti amplitudali yoki o'zgaruvchi kuchlanishni chiquvchi va kiruvchi miqdorlarining nisbatiga teng. Kiruvchi bo'lib o'zgaruvchan kuchlanish Ub-e, chiquvchi bo'lib esa rezistordagi o'zgaruvchan kuchlanish hisoblanadi, yoki o'shani o'zi bo'lgan kollektor-emitter kuchlanishi. Baza-emitterdagi kuchlanish voltning o'ndan bir qismidan oshmaydi, chiqishi esa birlar va manba kuchlanishi Е2 yetarli bo'lganda). Bundan kelib chiqadiki, quvvati bo'yicha kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti yuzlar, minglar, bazan o'n minglarga teng. Kirish qarshiligi Rkir muhim tavsifi bo'lib, Om qonun bo'yicha aniqlanadi: va yuz Omdan birlar kOm gacha bo'ladi. UE sxemasi bo'yicha ulanganida tranzistorning kirish qarshiligi, ko'rinib turibdiki, uncha katta bo'lmaydi, bu esa jiddiy kamchilik hisoblanadi. Yana shuni ta'kidlash muhimki, UE sxemasi bo'yicha kaskad kuchlanish fazasini 1800 aylantiradi. UE sxemani avzalligiga bir manbadan uni ta'minlash qulayligi kiradi, chunki barcha va kolletorga bir xil belgili kuchlanish beriladi. Kamchiliklarga yomon chastotaviy va haroratli hususiyatlari kiradi (masalan, UBli sxemaga taqqoslaganda). Chastotani oshirgan sari UEli sxemada kuchaytirish pasayadi. Buning ustiga UE sxemali kaskad kuchaytirganda angcha buzilishlarni kiritadi. Umumiy bazali sxema 16-rasmda tasvirlangan. Bunday ulanish sxemai katta kuchlanish bermaydi, ammo yaxshi chastotaviy va haroratli hususiyatlarga ega. UE ga qaraganda u uncha ko'p qo'llanilmaydi. UB li sxemaning tok bo'yicha kuchaytirish koeffitsiyenti doim birdan kam: chunki kollektor toki emitter tokidan doim biroz kam. UBli sxema uchun statik tok uzatish koeffitsiyenti L orqali belgilanadi: Uk-B=const bo'lganida. Bu koeffitsiyent doim 1 dan kichik va u qancha 1 ga yaqin bo'lsa, shuncha tranzistor yaxshi hisoblanadi. Kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffitsiyenti huddi UE sxemadagiga o'xshash bo'ladi. UB sxemasining kirish qarshiligi UE sxemadagiga qaraganda o'nlab marotaba past. UB sxemasi uchun kirish va chiqish kuchlanishlar o'rtasidagi fazali siljish bo'lmaydi, ya'ni kuchaytirilganda kuchlanish fazasi aylanmaydi. Bundan tashqari, UB ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.8 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.8 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc