Qozon agregatining garnituri va armaraturasi Reja: Qozon agregatining garnituri. Qozon agregatining armaturasi. Qozon agregatiga xizmat ko'rsatish va uning ishlashini kuzatish uchun zarur bo'ladigan qurilma va detallar komplekti qozon agregatining garniturasi deyiladi. Garnituraga lyuklar, yo'llar, flanetsli potrubkalar, qarash oylanadi, klapanlar, puflash moslamalari, o'txona detallari (zaslonkalar, zatvorlar) va shunga o'xshashlar kiradi. Texnikada mayda odatda, standart detal va asboblar komplekti armatura deyiladi. Armatura ko'rib chiqayotgan agregatining asosiy qismlari soniga kirmaydi, lekin uning to'g'ri ishlashini ta'minlab beradi. Gostexnadzor (Davlat texnika nazorati) qoidalariga ko'ra har qaysi qozonda saqlagich klapanlar, monametrlar, suv ko'rsatkich asboblari, shuningdek, zaruriy tambalash klapanlari, ventillar va suv tushirish jo'mraklari bo'lishi kerak. Agarda biror sababga ko'ra qozonda bug' bosimi berilgan bosimdan ortib ketsa, saqlagich klapanlar avtomatik ravishda ochilib bug'ning bir qismini atmosferaga chiqarib yuboradi, bu bilan qozondagi bug'ning bosimini pasaytiradi. Saqlagich klapanlar baraban bug' yig'gich, bug' qizdirgichlar va ekonamayzerlarga o'rnatiladi. Klapanlarning soni va o'lchamlari Gostexnadzor normalari bo'yicha aniqlanadi. Barcha klapanlarning ishlashi muntazam tekshirib turiladi. Bug' bosimi 22 at gacha bo'lgan qozonlarda klapanlar har smenada bir marta, bug' bosimi 22-60 at bo'lsa-sutkasiga bir marta, bug' bosimi 60 at. dan ortiq bo'lgan qozonlarda klapan ming soat ishlagandan keyin tekshirib ko'riladi. Bug' bosimini o'lchash uchun bug' qozoniga prujinali monometrlar o'rnatiladi. Monometrlar yuqori va juda past haroratlar ta'siridan himoyalangan bo'lishi kerak. Monometr, odatda, vertikal o'rnatiladi, agar sharoit imkon bermasa ko'pi bilan 300 qiya qilib o'rnatiladi. Monometr tsiferblatining ko'rsatishlari xizmat qilayotgan shaxsga aniq ko'rinishi uchun yaxshi yoritilgan bo'lishi kerak. Barcha monometrlar har yili o'lchovlar va o'lchash asboblari institutida tekshirib turiladi. Tekshirilgan monometr qo'rg'oshinli plomba bilan plombalanadi va tekshirilgan sanasi yozib qo'yiladi. Qozon barabanida suv sathi doimo bir xil bo'lishi kerak. Agar qozonga haddan tashqari ko'p suv berilgan bo'lsa, uning bir qismini bug' qizdirgichga o'tkazib yuborishi mumkin. Agar qozonda suv juda kam bo'lsa, u holda isish sirtlari o'ta qizib ketadi va bug' qozonning portlashiga sabab bo'lishi mumkin. Gostexnadzor qoidalariga ko'ra qozonlar suv ko'rsatkich asboblar bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Bu asboblarning shisha yoki slyuda pardasi orqali barabandagi suv sathi kuzatib turiladi. Adabiyotlar: 1.Roddatis K.F. Kotelno'e ustanovki: Uchebnoe posobie dlya studentov. 2.Delyagin G.N. Teplogeneriruyushie ustanovki: Uchebnik dlya studentov spetsialnosti 2607, M., 1986-559s. 3.Liberman N.B. Spravochnik po proyektirovaniyu kotelno'x ustanovok, M.1979-224 s. 4.Roddatis K.F. Spravochnik po kotlam maloy proizvoditelnosti.M. 1989g. 5.Esterkin R.I. Kotelno'e ustanovki. Kursovoe i diplomnoe proyektirovanie. L. 1989g. 6.Shegolev M.M. i dr. Kotelno'e ustanovki: Uchebnik dlya vuzov. M.: Stroyizdat; 1972 .-384 s. 7.Buznikov Ye.F i dr. Proizvodstvenno'e i otopitelnie kotelno'e. M.Enegriya, 1984-290s. 8.Lipov Yu.M i dr. Komponovka i teplovoy raschyot ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.65 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.65 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc