Qozon agregatlari Reja: Gaz-quvurli qozonlar. Suv-quvurli qozonlar. Qo'shimcha isitish sirtlari. Qozon ichidagi jarayonlar. Gaz-quvurli qozonlar alanga-quvurli, tutun quvurli va aralash qozonlarga bo'linadi. Alanga-quvurli qozonlar XIX-asrning boshlarida paydo bo'lgan. Alanga-quvurli qozonning suvli bo'shlig'ida baraban 2 ning butun uzunligini bo'ylab o'txona vazifasini bajaruvchi alanga o'tadigan quvur 3 joylashtirilgan. Uning uchlari barabanning tubi 1 ga ulangan bo'lib, barabanda yorib o'tuvchi teshik hosil qiladi. Alanga o'tadigan quvurning oldingi qismida kolosnik panjara 4-li o'txona joylashadi. Quvurning qolgan qismi qozon agregatining birinchi tutun yo'li 6 hisoblanadi. Tutun gazlar birinchi tutun yo'lidan chiqib, ikkinchi 7 va uchinchi 5 tutun yo'llariga o'tadi, bu yerda ular qozoning ikkinchi tomonini isitadi. Alanga o'tadigan quvur qozonda ekstsentrik joylashtiriladi, bu suvning tsirkulyatsiyasini yaxshilaydi va qozonning ichki yuzasini tozalash uchun qulay sharoit yaratadi. Hozirgi paytda bunday qozonlar qurilmaydi, mavjud eski qozonlar esa bazan suv istish maqsadida foydalaniladi. Tutun-quvurli qozonlar barabanining suvli hajmi 1 dan ichidan qizigan tutun gazlar o'tadigan kichik diametrli (50-150 mm) ko'p sonli quvurlar to'plami bo'ladi. Quvurlar baraban tublariga mahkamlangan. Barabanning bir tomonida kolosnik cho'g'don 3 bilan bo'sag'a 4 dan iborat o'txona kamerasi 2, ikkinchi tomonida-tutun qutisi 8 joylashgan barabandagi suv sathi tutun quvurlarning yuqorigi qatoridan balandroq turishi kerak. O'txona gazlari o'txonadan tutun quvurlari orqali tutun qutisiga, so'ngra esa tutun yo'li yig'gich 9 orqali tutun qutisi 8 ning ichida joylashgan bug' qizdirgichga yo'naladi. Bug' qizdirgichda bug' quriydi va iste'molchiga yuboriladi. Kombinatsiyalangan qozonlarga barabanning silindriga tutun quvur ham, alanga-quvur ham o'rnatiladi. O'z vaqtida bunday qozonlar parovozlarda va paroxodlarda keng ko'lamda ishlatilgan edi. Bu xil qozonning konstruksiyasi juda murakkab, ularni tozalash qiyin va bosimni oshirish imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Suv-quvurli qozonlar. Suv-quvurli qozon barabanlar-bug' yig'gichlar, kollektorlar (katta kesimli yig'ilma quvuro'tkazgich) va kichikroq diametrli qaynatish quvurlari to'plamidan tarkib topgan. Suv-quvurli qozonlarda suvning hajmi ancha kam bo'ladi, chunki ularda baraban-bug' yig'gich baraban silindrga qaraganda ancha kichik. Qozon tayyorlashga kam metall sarflangani holda bunday qozonlarning bug' unumi va bug' parametrlari yuqori bo'ladi. Quvurning gorizontga qiyalik burchagiga qarab, suv-quvurli qozonlar gorizontal suv-quvurli va vertikal suv-quvurli qozonlarga bo'linadi. Gorizontal suv-quvurli qozonlar. Suv-quvurli qozonlarning dastlabkilari jumlasiga batareya tipidagi qozonlarni kiritish mumkin. Bunday qozon bitta asosiy barabanga biriktirilgan bir nechta barabanlardan tarkib topgan. Shundan keyin paydo bo'lgan qozonlarda gorizontal joylashgan qaynatgich quvurlari baraban-bug' yig'gich bilan maxsus kameralar yoki seksiyalar orqali tutashtirilgan. Bunday qozonlar suv-quvurli qozonlar deb aytiladi. O'tgan asrning 90-yillarida injener V.G. Shuxov o'sha vaqtda mavjud bo'lgan gorizontal suv-quvurli qozonlarning eng qulay xilini ishlab chiqdi va qurdi. V.G.Shuxov qozon agregatining elementlarining standartlashtirdi va qozonlarni bevosita o'rnatish joyida elementlardan yig'ishni tashkil qildi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
179.08 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
179.08 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc