Qozon ustanovkasiga tushayotgan suvlarni xarakteristkasi va suvni tayyorlash vazifasi Reja: Qozon ustanovkasiga tushayotgan suvlarni xarakteristkasi. Suvni tayyorlash vazifasi. 3. Suvlarni tindirish va undagi so'zib yurgan moddalarni ushush. Suvlardagi erigan gazlarni chiqarish. QOZON USTANOVKASIGA TUShAYoTGAN SUVLARNI XARAKTYeRISTKASI VA SUVNI TAYYoRLASh VAZIFASI. Suvni tarkibidagi erigan tuz va gazlar bo'ladi. Suvda erigan kaltsiy va magniy tuzlar aralashmalari bug' hosil bo'lish jarayonida cho'kmaga tushadi va qozonning ichki (vazifasi) yuzasiga quyqa va shlam tarzida o'tirib issiq o'tkazuvchanlikni kamaytiradi, bu esa devorning o'ta qizib ketishiga sabab bo'ladi va uning mustahkamligi kamayishi natijasida avariya holatini vujudga keltiradi. Suvda erigan kislorod va karbonat kislota gazlar metallning korroziyasiga sabab bo'ladi. Bu qozonlarni ta'minlash suvlari yumshatiladi va degazatsiya qilinadi. Suv isitkich qozonlaridagi ta'minlash nasoslarida beradigan hamma suvlar yumshatiladi va degazatsiya qilinadi. Suvlarni sifati uni tiniqligi, quruq qoldiqlar, qattiqligi, ishqorligi va oksidlanishi bilan xarakterlanadi. Suvda erigan moddalarni kaltsiy, magniy, natriy, ammoniy, temir, alyuminiy va boshqa hammasini quruq qoldiq o'z ichiga oladi, qaysiki suvlarni bug'lanishdan keyin qoladigan quruq qoldiq mgm3 o'lchanadi. Suvni qattiqligi deganda suvdagi kaltsiy va magniy tuzlarini miqdorini tushunamiz. Butun qattiqlik: NsqNsaQNmd Suvni ishqorligi undagi ishqoriy qo'shilmalar miqdorini borligiga qarab xarakterlanadi. Bunga gidratlar kiradi. Masalan: NaOH o'tkir natriy karbonatlari, Na2CO3 kaltsiy sodasi, bikarbonatlar Na HCO3 va boshqalar. SUVLARNI TINDIRISh VA UNDAGI so'ziB YuRGAN MODDALARNI UShLASh. Isitish-ishlab chiqarish qozon ustanovkalarida xo'jalik ichimlik vodoprovodi suvlari ishlatiladi. Shuning uchun tindirish va so'zib yurgan moddalarni ushlash jarayoni bo'lmaydi. Agarda so'zib yurgan moddalarni miqdorini 20 mgl.dan oshsa, suv filtrlanadi va tindiriladi. Filtrlovchi materiallar sifatida, kvarts qumi, marmar kroshkasi yoki maydalangan antrotsit ishlatiladi. Suvni tozalash filtratsiyasini tezligi 4-6 msoat olinadi, har 18-20 soat ishlangandan keyin tindirilgan suv bilan filtrni qarama-qarshisiga 6-8 minut yuviladi. Yuvishni yaxshilash uchun suv bilan birgalikda siqilgan havo bosimi 2 at. yuboriladi. DYeGAZATSIYA (SUVLARDA ERIGAN GAZLARNI ChIQARISh). Suvda erigan kislorod va karbonat kislota gazlari qozonni metalli devorlarini karroziyalashga olib keladi. Bug'ni bosimini oshirish karroziyani ko'payishiga olib keladi. Bug' va suv isitadigan qozonlarni ta'minlash suvlarni tarkibidagi kislorod miqdorini 0,03-0,1 mgl oshmasligi kerak. ta'minlash suvida erkin karbonat kislotasi bo'lmasligi kerak. Suvlardagi erigan gazlar va havo degazatsiya qilish bilan chiqarib tashlanadi. Hozirgi vaqtda degazatsiyani bir nechta usulari mavjud: termik (qizdirishga oid), kimyoviy, elektromagnit hamda yuqori chastotali va ultratovush. Elektromagnit, yuqori chastotali va ultratovushli yaxshi foyda bermaydi. Suvlarni kimyoviy usulda degazatsiya qilishda faqat kislorodni chiqarib tashlaydi. Degazatsiyani termik usuli ko'p foyda beradi. Shuning uchun ko'p qo'llaniladi. Bug' qozonlari uchun degazatsiyani termik usulida suvlarni haroratini ko'tarib undagi kislorod va karbonat kislotasini erish darajasi kamaytiradi. Termik degazatsiya: vakuumli bosimi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.22 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.22 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc