Quyosh batareyalari Haroratga bog'liq holda Quyosh kollektorlarini quyidagi turlarga bo'lgan holda ko'rib chiqamiz: 1. Past haroratli kollektorlar - bunday kollektorlarda 50ºC dan yuqori bo'lmagan harorat olinadi. Bular basseynlardagi suvni isitishga o'xshash yuqori temperatura talab qilinmaydigan holatlarda qo'llaniladi . 2. O'rta haroratli kollektorlar - bu suvni 50 - 80ºC gacha qizdirishi mumkin. Ko'pincha bunday kollektor yassi shisha plastinkali bo'lib, issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlikdan iborat qurilma hisoblanadi. 3. Yuqori haroratli kollektorlar - ko'pincha parabola ko'rinishidan iborat bo'lib, ko'pincha nisbatan kattaroq tizmlarda qaysiki, elektr energiyasini yig'ib uni shahar elektr energiyasi bo'ylab taqsimlaydigan hollarda ishlaydi Yassi Quyosh kollektorning umumiy ko'rinishi va sxemasi. A - Quyosh energiyasini yutuvchi qism; B - Suvni isitish hamda uni elektr energiyasiga aylantiradigan qism; 1 - Issiqlikdan himoyalangan qism; 2 - Shisha qatlam; 3 - Fotoelektrik panel; 4- Issiqlik trubkalardagi moddani bug'lanturuvchi soha; 5 - Elektr isitgichli qismlar; 6 - Suzgichlar; 7 - Issiqlikni qabul qiluvchi qatlam; 8 - Issiqlik almashinuvchi bo'lim; 9 - Issiqlik trubkalaridagi suyiqlikni kondensatsiyalanish sohasi. Loyihalash bosqichining mazmuni - tasdiqlangan texnik loyihalovchi takliflarini rivojlantirish va chuqurlashtirish bo'lib hisoblanadi. Pirovard maqsad esa, texnik loyihalovchi loyihani topshiriqda belgilangan hajmda bajarishidir. Asosiy tuzilish mavzusi allaqachon aniqlangan va agar sanoat san'ati asarlarining ko'rinishi haqida gapirish mumkin bo'lsa, uning paydo bo'lishi to'laligicha texnik - takliflar bosqichiga taalluqlidir. Quyosh kollektorini loyihalash. Quyosh kollektorini texnologik xaritasini chizishdan avval uning o'lchamlarini aniqlab olamiz, bular quyidagich 2151×1215×110mm ni tashkil qiladi. Bu Quyosh kollektorining 2,24 m2 ni tashkil qilib, uning oynasi 6mm ga teng qalinlikka ega bo'lgan Quyosh antifrizidan tuzilgan. Uning izoliyatsiya qatlami esa 6mm ga teng, trubalar materiali esa misdan iborat bo'lgan KPW1-C20AR tipli quyosh kollektoridir KPW1-C20AR tipli yassi Quyosh kollektorining yaqqol tasviri. KPW1-C20AR tipli Quyosh kollektorining epyurdagi uchta ko'rinishi. Kollektor FIKning sirt materialiga bog'liqligi Quyosh kollektorlarini yaratishda imkon qadar uning vazni va Quyosh radiasiyasini tiniq qoplamadan o'tishidagi energiya yo'qolishini kamaytirishga, samarali issiqlik izoliyasiyasini tanlashga, issiqlik yutgichning yutish qobiliyatini oshirishga e'tibor qaratilishi kerak. Amalda Quyosh kollektorining yuzasi 0.5 - 4m.kv. bo'lishi shaffof qoplama sifatida odatda tarkibida temir oksidlarini kam saqlovchi 3 -4mm li qalinlikdagi shisha ishlatiladi, yon va ostki qismi issiqlik izolyasiyasi bilan o'raladi. Quyosh yassi kollektori samaradorligining yon sirtiga bog'liqligi Kollektorning yon sirt issiqlikdan himoyalanmagan (Hyon = 0,1sm) va ushbu yon sirt ideal darajada issiqlikdan himoyalangan (Hyon= 10sm) hol uchun K = 0,2 ÷ 0,3da yassi kollektor FIKga yon sirtdan yo'qolayotgan issiqlik oqimining ta'siri keltirilgan. Shuningdek, bu yerda qabul qiluvchi sirtning harorati ham inobatga olingan, qabul qiluvchi sirtning harorati 50ºCdan oshganda yon sirtning ta'siri ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
447.25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
447.25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: pptx