Quyosh energiyasi vujudga kelishi tabiati termo yadro reaksiyasi va uni hisobi Reja: 1 Energiya tushunchasi 2 Energiya sifati 3 Quyosh - biosfera energiyasining asosiy manbai 4 Fotosintez va xemosintez 5 Energiyani qayta hosil qiluvchi x¢jayralar 6 Insoniyatning avtotrofligi 7 Fotosintezning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 9 Organik moddalarning parchalanishi 10 Ekotizim mahsuldorligi 11 Ekologik piramidalar 12 Trofik zanjirlarda energiyaning hosil bo'lishi 13 Negentropiya 14 Yer energiyasida insonning o'rni 1 Energiya tushunchasi. «Energiya» yunoncha so'z bo'lib, «faoliyat» degan ma'noni bildiradi. Haqiqatan ham har qanday faoliyat energiya sarf qilish yoki energiya chiqarish bilan bog'liq. Energiya materiyaning asosiy xususiyati bo'lib hisoblanadi. Fizikada energiya deganda, materiyaning har xil shakldagi harakati tushuniladi. Uning ilmiy ibora sifatida kiritilishi materiyaning har xil shakldagi (mexanik, issiqlik, kimeviy, yadroviy, gravitatsion va boshqa) harakati, biri ikkinchisini aylantirish xususiyatiga ega. Energiya-keng ma'noda kuch demakdir. Termodinamikaning birinchi qonuniga (energiyaning saqlanish qonuniga) ko'ra - energiya hosil bo'lmay qolmaydi, yo'qolmaydi; faqat bir turdan boshqa turga o'tadi. Tabiatda va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida energiya hosil bo'lishi doimiydir. Shuning uchun Yerda hayot rivojlanishi tarixini inson paydo bo'lishi va insoniyat rivojlanishini - energiyaga egalik qilish va uni qayta shakllantirishning tarixiy kurashi deb qarash mumkin. 2 Energiyaning sifati. Energiyaning sifati eksergiya bilan tavsiflanadi. Eksergiya - qaysidir jarayonga qo'llangan energiyaning foydali qismi; umumiy holda - termodinamik tizimning ma'lum holatdan atrof- muhit bilan tenglik holatiga o'tish paytidagi maksimal ishidir. Eksergiya - energiyaning tashkil etuvchisi bo'lib, atrof- muhitning ma'lum sharoitida energiyaning zarurligi va aylantirilishi bilan tavsiflanadi. Yuqori sifatli energiya hosil qilish uchun past sifatli energiya sarf qilishga to'g'ri keladi. quyosh energiyasi oqimi, ya'ni uning biosferada qayta aylantirish zanjiriga olingan qismi, tartibini tashkil etadi va energiyaning ba'zi qismini eksergiyasini oshiradi. L.I.Tsvetkova va boshqalar fikricha, (199 y.) tabiatda energiyaning sifat ko'rsatkichi bo'lib, quyosh yorug'ligining kaloriya miqdori xizmat qiladi va u 1 kaloriya yuqori sifatli energiya hosil qilishi uchun tarqalishi lozim. Har xil energiya manbalarining sifati quyidagi jadvalda keltirilgan (1 - jadval). 1-jadval 1kkal shartli yoqilg'i hosil qilish uchun har xil turdagi energiya sarfi (G. Odum va Yu.Odum Bo'yicha, 1978 ) SHunday qilib, qazib olinadigan yonilg'ining ishchi potentsiali, quyosh yorug'ligi ishchi potentsialidan 200 marta ko'p, lekin elektr energiyasi ishchi potentsialidan 4 marta kam. 3 quyosh - biosfera energiyasining asosiy manbai. Yer yuzasiga asosiy energiya miqdori Quyoshdan tushadi. Energiyaning boshqa manbalar (Yerning ichki issiqligi, kosmik nurlar) hissasini unga taqqoslaganda juda kam. Yerning bir birlik yuzasiga tushadigan Quyosh energiyasi vaqt bo'yicha o'zgarmas bo'lganligi sababli, Quyosh doimiysi deb ataladi. Kosmik kuzatish ma'lumotlariga ko'ra, quyosh doimiysi 1,36(103 vtm2 ga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.7 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
82.7 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc