Quyosh energiyasida foydalanish Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to'g'ridan-to'g'ri aylantirish Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to'g'ridan-to'g'ri aylantirishning termoelektrik, fotoelektrik va fotogalvanik usullari mavjud bo'lib, ularning ichida fotogalvanik usul hali yaxshi o'rganilgan emas. Ma'lumki, matereallarda erkin elektronlar mavjud bo'lib, ular musbat ion atrofida xaotik ravishda harakat qiladi, metallning o'zi esa elektr jihatdan neytral hisoblanadi. Agar bir yoki bir necha elektron metall sirtidan tashqi muhitga (vakuumga) chiqsa, metall sirti bilan muhit orasida potensiallar ayirmasi Δφ hosil bo'ladi. Elektron zaryadi (e) ni bu potensiallar ayirmasi Δφ ga ko'paytmasi elektronning chiqish ishi deb ataladi: , eV yoki J. Har xil metallardagi elektron chiqish ishi har xil bo'ladi. Bu ish ko'pincha joullardan yoki elektron voltlarda o'lchanadi. . Ba'zi metallar uchun chiqish ishining son qiymatilarini keltiramiz: Chiqish ishlari har xil bo'lgan ikki metall bir-biri bilan payvandlanganda elektronlar diffuziyasi hisobiga kontakt potensiallar ayirmasi hosil bo'ladi. Agar kontakt joyi qizdirilsa, elektronlar diffuziyasi ortadi va kontakt potensiallari ayirmasi ham kattalashadi. Agar uchlari payvandlangan ikkita har xil metall simlarni galvanometrga ulab, kontaktlardan birini sovuq holatda qoldirib, ikkinchisi isitilsa, zanjirda elektr toki hosil bo'ladi. Bu hodisani birinchi marta nemis olimi Zeyebek kuzatgan bo'lib, termoelektrik effekt yoki Zeyebek effekti deb yuritiladi. Termoelektr yurituvchi kuch E payvandlangan uchlaridagi temperaturalar (absolyut shkala bo'yicha) ayirmasiga to'g'ri proporsional bo'lib, metallar tabiatiga bog'liq: Bunda α - metallning termo EYK koeffitsiyenti. Uchlari o'zaro payvandlangan ikkita har xil metalldan yasalgan asbobga termopara yoki termoelement deb ataladi. Termoelement kavsharlangan uchi temperaturasi o'lchanuvchi moddaga va ikkinchi - sovuq uchlari o'lchov asbobga ulanadi. Bir necha termoelementlardan tuzilgan sistemaga termobatareya deb ataladi. 1908-yilda Moskva universiteti proffessori V.Serasskiy 100 ta termoelementdan iborat bo'lgan quyosh batareyasini yaratdi. Bu batareya oynaband yashik ichiga joylashgan bo'lib, elektr qo'ng'irog'ini tok bilan ta'minlab turadi. Asrimiznng 30-yillarida akademik A.F.Ioffe termogeneratordan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish masalasini taklif etgan bo'lsa, 1941-yilga kelib u shunday termogeneratorni ishlab chiqdi. Quyosh termoelektrogeneratorlari asosan quyosh konsentratori va termobatareyalardan tashkil topgan. 1956-yilda G.M.Krjijanovskiy nomidagi Energetika instituti xodimlari diametri 2m bo'lgan ko'zgu fokusiga termogenerator o'rnatib, issiq va sovuq payvandlar orasidagi temperaturalar farqi 400°С bo'lganda 21V kuchlanish ostida 18,9 Vt quvvat olishga muyassar bo'ldilar. Termogenerator FIK 2% ga yaqin. Bunga sabab elementlarni o'zaro ulash sistemasi yaxshi ishlanmaganidir. Keyinchalik Y.Malevskiy va A.Oxotinlar termogenerator FIK 8% ga yetkazish imkoniyatiga ega bo'ldilar. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
522.83 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
522.83 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: ppt