Quyosh energiyasidan qishloq xo'jaligida foydalanish Reja: Qishloq xo'jaligi ekinlari ekiladigan erlarning issiqlik rejimlari. Tekis va qiyalikka ega bo'lgan erlarning issiqlik rejimini yil davomida o'zgarishi. Qishloq xo'jaligida quyosh energiyasidan effektiv foydalanish hisobiga hosildorlikni oshirish yo'llari va istiqbollari. Respublikamiz qishlok xo'jaligini shunday yuksak cho'qqilarga ko'tarish kerakki, u xalqimizning oziq-ovqat va yengil sanoatni xom ashyoga bo'lgan talabini to'la-to'kis ta'minlasin. Inson uchun don asosiy ozuqa hisoblansa, paxta yengil sanoat uchun xomashyodir. Har bir tonna paxtadan 3 ming metr gazlama, 110 kg yog', 200-250 kg kunjara undan tashqari ximiya sanoati va meditsina uchun zarur bo'lgan 200 dan ortiq har xil mahsulotlar olish mumkin. Shuning uchun ham davlatimiz qishloq xo'jaligini bundan buyon ham tobora rivojlantirishga katta etibor bermoqda. Ekin maydonlarini kengaytirish, seleksiya, mexanizatsiya, melioratsiya ishlarini keng joriy qilish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Qishloq xo'jalik erlarining mahsuldorligini oshirish yo'llaridan yana bittasi u ham bo'lsa fan va texnikaning yangiliklaridan foydalanishdir. Quyosh energiyasidan qishloq xo'jaligida unumli foydalanish uchun erta bahorda geografik kengligi 40-500 joylashgan ekin maydonlarini gorizontal tekisligiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi kam bo'lganligi uchun yerlar sekin isiydi. Tuproq harorati past bo'lganligi uchun qishloq xo'jalik ekinlarini ekish uchun etarli bo'lmaydi. Joyning geografik kengligiga qarab erta bahorda ekish har xil muddatlarda amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligida erlarning haroratini oshirish masalasi qadim zamonlardan beri aktual bo'lib kelmoqda. Yerni haroratini oshirish bo'yicha A.F. Chudnovskiy, Ioffe, Ryabova Ye., Ayzenshtat B., Turapov I. boshqa olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Yerning haroratini oshirish bo'yicha A.F. Chudnovskiy, A. Ioffelar nazariy va amaliy ishlarni ilmiy asosda amalga oshirdilar. Ular erlarning tuzilish strukturasini hisobga olib tuproqning namlik almashish hodisasini fizik metodlar yordamida ko'rsatib berishgan. Bizga malumki, quyosh yorug'ligi yerga tushganda uning bir qismi yerdan qaytadi, bir qismi esa yutiladi. Yutilgan energiya issiqlikka aylanib yerni qizdirishga sarf bo'ladi. Shunday qilib quyoshdan kelayotgan radiatsiya hisobiga yerning harorati o'zgarishini issiqlik balans tenglamasi orqali quyidagi ko'rinishda yozish mumkin: R = LE + B + + R (1) Bu yerda - tuproq qatlamida biologik reaksiya hisobiga hosil bo'lgan issiqlik miqdori. R - radiatsion balans LE -bug'lanish issiqlik sarfi R - yer tuproq bilan atmosfera orasidagi issiqlik almashish qiymati. V - tuproq qatlamidagi issiqlik miqdori. Yerning haroratini oshirish bo'yicha aniq natijalar olish uchun, yer sharoitida tajribalar o'tkazish bo'yicha Kurmongalik N., Trankeevich N., Gerasimova G lar tekis va qiyalikka ega joylarning harorati bir -biridan 3-40 S farq qilishini ko'rsatib berishgan. Undan tashqari erlarning harorati yerning tuzilishiga bog'liqligi to'g'risida Adamova A, Volni R va boshqalar ishlari diqqatga sazovordir. Paxta maydonlarining issiqlik va temperatura rejimlarini G'ofurov ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.1 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
147.1 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:06 ]
Arxiv ichida: doc