Quyosh radiatsiyasi Reja: Quyosh rаdiаtsiyasi. Quyosh hаqidа umumiy mа'lumоtlаr Аtmosfеrаdаgi nurlаnish оqimlаri turlаri. Quyosh rаdiаtsiyasining enеrgеtik yoritilgаnligi Quyosh rаdiаtsiyasining spеktrаl tаrkibi Quyosh spеktri аsоsiy qismlаrining biоlоgik аhаmiyati Fоtоsintеtik fаоl rаdiаtsiya Quyosh rаdiаtsiyasining аtmоsfеrаdаn o'tishdа kuchsizlаnishi To'g'ri quyosh rаdiаtsiyasining enеrgеtik yoritilgаnligi To'g'ri rаdiаtsiyaning Yer sirtigа kеlishigа tа'sir qilаdigаn оmillаr To'g'ri rаdiаtsiyaning sutkаlik vа yillik o'zgаrishi. To'g'ri rаdiаtsiya yig'indilаri Sоchilgаn quyosh rаdiаtsiyasi Yalpi quyosh rаdiаtsiyasi Qаytgаn rаdiаtsiya. Аlbеdо Yer sirti vа аtmоsfеrаning uzunto'lqinli nurlаnishi. Sаmаrаli nurlаnish Fаоl sirt vа Yer - аtmоsfеrа tizimining rаdiаtsiоn bаlаnslаri O'simliklаr qоplаmi tаgidаgi quyosh rаdiаtsiyasi Quyosh rаdiаtsiyasi vа rаdiаtsiоn bаlаnsni o'lchаsh Quyosh enеrgiyasidаn хаlq хo'jаligidа fоydаlаnish Quyosh rаdiаtsiyasi. Quyosh hаqidа umumiy mа'lumоtlаr Yer sirtidа vа аtmоsfеrаdа ro'y bеrаdigаn bаrchа fizik jаrаyonlаrning аsоsiy enеrgiya mаnbаyi quyoshdаn kеlаyotgаn nurlаnish оqimi enеrgiyasidir. Quyosh yerga eng yaqin yulduz hisoblanadi, uning nuriy energiyasi amalda yerdagi birdan-bir energiya manbai sanaladi. Juda kam va uncha kata bo' lmagan energiya manbai bo' lib yer qa'ri, oy va boshqa yulduzlar xizmat qiladi. Yerdan quyoshgacha bo' lgan o'rtacha masofa yoki boshqacha aytganda, bir astronomik birlik (la.b) 1,496∙108 km ni tashkil etadi yoki aniqrog'i 1,49,597,890±500 km ga teng. Yer Quyosh atrofida elliptik orbita bo'yicha harakat qiladi. Quyosh-Yer orasidagi minimal masofa 0,983 AB va maksimal masofa taxminan 1,017 AB ga teng. Yerning Quyoshga nisbatan joylashgan eng yaqin nuqtasi (perigeliy), bu taxminan 3-yanvarga tog'ri keladi, eng uzoqda joylashgan nuqtasi (afeliy) taxminan 4-iyulga tog'ri keladi, ko' rinuvchi disk yoki fotosferaning radiusi 6,599∙105 km, Quyoshning massasi 1,989∙1030 kg, (Gudi va YUNG - 1889 y, Ikbal 1983 y). Quyosh to' laligicha gaz holatidagi jismdir. Uning tashqi qatlami (massa bo' yicha) 71 % vodoroddan, 26,5 % geliydan va 2,5 % og' ir metallardan iborat. Uning fizikaviy tuzilishi juda murakkab, xromosfera va tojli qatlami juda yaxshi o'rganilgan. Quyoshning sirli ichki sohasi, ya'ni yadrosi eng zich va eng issiq qismi hisoblanadi. U juda ham kuchli siqilgan gazlardan ya'ni zichligi 100:150 g∙sm ga teng gazlardan tashkil topgan. Yadro temperaturasi 15∙106 dan 40∙1060S oralig'ida. Quyosh asosiy massasi yadroda jamlangan. Quyosh yadrosi katta yadro reaktori bo'lib, u yerda doimo sintez reaksiyasi amalga oshadi. Bu reaksiya mahsuloti Quyoshning nuriy energiyasi bo' lib atrofga energiya sochiladi. Eng muhim reaksiya bo'lib, vodorodning geliyga aylanish reaksiyasi hisoblanadi. Dastavval Quyosh markazidan energiya Quyoshning sirtiga chiqadi va u yerdan kosmosga tarqaladi. Quyosh yadrosi va ichida nurlanishlar rentgen nurlari va gamma nurlar tarzida nurlanadi. Fotosfera deb ataluvchi Quyosh sirti ko'pgina Yerga yetib keluvchi ko'rinuvchi nurlarning manbai hisoblanadi. Havorang stakan orqali fotosfera qobig'iga qaralsa qurollanmagan ko'zga ham ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
361.63 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
361.63 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: doc