Quyosh radiatsiyasini spektral tarkibi va uni o'lchovchi asboblar Reja: 1. Quyosh radiatsiyasini spektral tarkibi. 2. Quyosh radiatsiyasini intensivligi uning yillik va sutkalik o'zgarishi. 3. Quyosh radiatsiyasini o'lchovchi asboblar. Geliotexnikaga doir turli xarakterdagi ishlarni olib borishda muayyan joyga tushadigan quyosh radiatsiyasiga oid ma'lumotlarni bilish zarur. Xalq xo'jaligida quyosh energiyasidan foydalaniladigan ishlarni quyosh energiyasi ko'p tushadigan va yil davomida bulutli kunlar kam bo'ladigan territoriyalarda olib borish mumkin. Bizning Respublikamiz hududida yuqorida ko'rsatib o'tilganidek havo ochiq kunlar soni yil davomida 200 kungacha etadi va sirt birligiga tushadigan quyoshning nur energiyasi boshqa Respublikaga nisbatan shimolda joylashgan hududlarga nisbatan ancha ko'p. Shuning uchun Respublikamizning iqlim sharoiti quyoshning nur energiyasi hisobiga ishlaydigan qurilmalar - Quyosh qurilmalaridan muvoffaqiyatli foydalanish imkonini beradi. Yer sirtiga tushayotgan quyoshning nur energiyasini quyosh radiatsiyasi deyiladi. Quyosh nurlari Yer sirtiga atmosfera orqali o'tib keladi. Atmosferadan o'tishida esa murakkab o'zgarishlar ro'y beradi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridan Yer sirtigacha bo'lgan masofada quyosh radiatsiyasining malum kismi yutiladi va sochiladi, bunda miqdoriy va spektral jihatdan o'zgaradi. Quyosh radiatsiyasining qolgan qismi esa Yer sirtiga etib keladi. Atmosferada sochilgan radiatsiyaning malum bir qismi, albatta, yana Yerga tushadi. Shuning uchun Yer yuziga tushadigan quyosh radiatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat deb qaraladi. 1. To'g'ri quyosh radiatsiyasi. 2. Sochilgan quyosh radiatsiyasi. Quyoshning sochilma diskidan Yer sirtigacha etib kelgan quyosh nur energiyasini to'g'ri quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Yer bilan quyosh orasidagi masofa juda katta bo'lganligi sababli to'g'ri quyosh radiatsiyasini parallel nurlar dastasi kabi qarash mumkin. Quyosh radiatsiyasi atmosfera va bulutlarda sochilgandan keyin havo molekulalaridan, bulut va chang zarrachalaridan qaytib yerdagi gorizontal sirtga tushadigan qismi sochilgan quyosh radiatsiyasi deyiladi. Gorizontal sirtga bir vaqtda tushuvchi to'g'ri quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi birgalikda yig'indi quyosh radiatsiyasini hosil qiladi. Endi quyosh radiatsiyasining spektral tarkibini o'rganaylik. Quyosh radiatsiyasining asosiy qismini to'lqin uzunligi 0,29 mk dan 4 mk gacha bo'lgan nurlar tashkil qiladi. Quyoshning nur energiyasining deyarli 99 foyizi yuqorida ko'rsatilgan chegaralardagi to'lkin uzunlikli nurlarga to'g'ri keladi. Quyosh spektrini odatda quyidagi uch qismga ajratib o'rganiladi: 1. Infraqizil nurlar (to'lqin uzunligi 4 mk ( 0,76 mk) 2. Ko'rinadigan nurlar (0,4 mk ( 0,76 mk). 3. Ultrabinafsha nurlar (0,29 mk ( 0,4 mk). Quyosh nurlanishining tarkibida uchraydigan radioto'lqinlarning energiyasi juda kam bo'lganligi uchun ularni faqat maxsus radio qabul qilish qurilmalari yordamida sezish mumkin. Umuman aytganda atmosfera va bulutlar birgalikda quyoshdan Yerga tushadigan nur energiyasining taxminan 15 foyizini yutadi. Atmosferada quyosh radiatsiyasining yutilishida atmosfera tarkibidagi kislorod(O2), ozon(O3), karbonat angidrid(SO2), suv bug'i (N2O) va boshqa turli chang zarralari asosiy rol o'ynaydi. Atmosfera tarkibidagi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.02 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.02 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: doc