Quyosh suv chuchitgichlarining issiqlik rejimini o'rganish Sho'r suvlarni ichimlik - chuchuk suvga aylantirish qadim zamonlardan beri muhim vazifa bo'lib kelgan. Ayniqsa texnika juda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda chuchuk suv sanoatda, ko'mir, neft, tabiiy gazlar kabi muhim o'rinni egallab bormoqda. Chunki chuchuk suv inson istemolidan tashqari texnikaning turli sohalarida har xil maqsadlarda ishlatiladi. Malumki inson istemol qiladigan chuchuk suvning fiziologik shakli sutkasiga 2-4 litrdan oshmaydi. Aholi soni hamda aholininig moddiy turmushi yaxshilangan sari chuchuk tobora ko'proq istemol qilinadi. Aholini suv bilan ta'minlashda esa dengiz va okeanlarning suvini to'g'ridan - to'g'ri ishlatib bo'lmaydi. Chunki dengiz va okean suvlari sho'r bo'lib, ularning tarkibidagi tuz miqdori 35 gl dan ortiqdir. Cho'l va suv etishmaydigan joylarni o'zlashtirishda va u erlardagi insonlarni ichimlik suvini tashib kelish muommosini hal qilish bilan bog'liq bo'lgan masalani yechish mumkin bo'ladi. Suv yaxshi eritgich bo'lib hisoblanadi. Normal temperatura (180S) da 1 litr suv, 90 g choy sodasini, 360 g kir sodasini eritadi. 00S da 1 litr suvni 55m3 vodorod xlor ishlatilishi mumkin. Hatto yomg'ir suvining 1 litrda 300mg aralashma bo'ladi. Qoraqumda yer osti suvining 1 litrida 22g tuz erigan bo'ladi. 1 litr suvda 1-1,5g tuz bo'lganda istemol qilish mumkin. Suvlarni chuchitish asosan ularni bug'lantirib so'ngra kondensatsiyalash (suvni haydash) dan iborat bo'ladi. Buning uchun juda ko'p yoqilg'i sarf qilish talab etiladi va bu usul qimmatga tushadi. Hozirgi vaqtda turli xildagi chuchitgichlar mavjud bo'lib, quyosh energiyasi hisobiga ishlaydilar. Quyosh energiyasi yordamida sho'r suvni chuchuk suvga aylantirishda ishlatiladigan qurilmalarni quyosh suv chuchitgichlari deyiladi. Quyosh suv chuchitgichlari o'zlarining tuzilishiga qarab bir necha xil bo'ladi. Ular: Issiqlik qutisi turidagi bir nishabli parniksimon chuchitgichlar. Ikki nishabli suv chuchitgich. Zinapoyali suv chuchitgich. Asbobning tavsifi Zinapoyali quyosh suv chuchitgichini ishlash prinsiplari quyida 1-rasmda ko'rsatilgan. Zinapoyali quyosh suv chuchitgichi -1, suv chuchitgichlari ustiga qo'yilgan oyna-2, chuchitgich elementi ufqga nisbatan 300 burchak hosil qilib janub tomonga qaratib o'rnatilgan. Sho'r suv quyadigan quvur-3, chuchuk suv quyadigan quvur -4, chuchuk suv yig'iladigan idish-5, zinapoya -6 dan tuzilgan. Quyosh suv chuchitgichi ufqga nisbatan 300 burchak ostida o'rnatilib, yuzasi janubga qaratiladi. 3-quvur orqali sho'r suv bilan chuchitgich elementlari to'ldiriladi. Vaqt o'tishi bilan kondentsatsiyalanib 4-quvur orqali 5-idishga tushadi. Shunday qilib sho'r suv quyosh energiyaisni yutishda olgan energiyasini sho'r suvni bug'lantirishga, turli sabablar bo'yicha ro'y beradigan issiqlik yo'qotishlarini qoplashga sarf bo'ladi. Chuchitgichning issiqlik sarflashi quyidagi usullarga bo'linadi: a) sho'r suvni chuchitgich elementlari issiqlik o'tkazuvchanlik orqali yo'qotgan issiqlik miqdori - Q1; b) nurlanish yo'li bilan sho'r suvni yo'qotgan issiqlik miqdori - Q2; v) bug' va havo aralashmasi oyna ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: doc