6-sinf fizika darsligi asosida 49-mavzu: Quyosh va oy tutilishi Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va Oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 29,5 sutkada bir marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi (105-rasm). Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la to'silib qolganligidan, u yerda qorong'ilik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning to'la tutilishi kuzatiladi. Yerning B sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda Quyoshning to'la tutilishi kuzatilgan joylarida to'la qorong'ilik bo'lganligidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollar paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushish gan. Yer va Oy harakati davrida Oy va Quyosh oralig'iga Yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi (106-rasm). Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi. U faqat Quyoshdan tushgan yorug'likni qaytaradi. Oyga tushayotgan Quyosh nurini Yer to'sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmosferasi bo'lmaganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rinmay qolar edi. Yer atmosferasi Quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'ish disk shaklida ko'ramiz. Oy tutilishi sababi ma'lum bo'lmagan davrda, odamlarda qo'rqinch paydo bo'lgan. Uni tushuntirish uchun turli rivoyat va afsonalar to'qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini qayerda, qachon va qanday ko'rinishda bo'lishi ancha oldindan aytib beriladi. Shunga ko'ra olimlar bu hodisani o'rganish uchun tayyorgarlik ko'rishadi Quyosh to'la tutilganda, boshqa vaqtda ko'rinmaydigan «Quyosh toji» ni kuzatish mumkin. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy ham o'z o'qi atrofida aylanadi. Oyning kunduzgi yorug' tushib turgan qismi bizga ko'rinib, yorug' tushmagan qismi ko'rinmaydi. Uni Oy tutilishi bilan adashtirmaslik kerak. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
588.32 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
588.32 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: ppt