Radikal polimerlanish kinetikasi. Polimerlanishga har xil omillarning ta'siri Reja: 1 Polimerlanish reaksiyasiga ta'sir etuvchi omillar 2 Polimerlanishga monomer tuzilishinig ta'siri 3 Polimerlanish termodinamikasi Radikal polimerlanishnig borishi temperaturaga bog'liq Temperaturaning muhitda aktiv markazlarni kupaytiradi va binobarin, ular temperatura ta'sirida serharakat bo'lib, kolganidan polimerning o'sish tezligi ortadi. Temperatura ta'siridan usaetgan zanjirning bir-biri bilan yoki aktiv markaz bilan tuknashishi tezligi yani makroradikalning uzilish tezligi xam ortadi. Demak bir tomonda polimer molekulalarining uzunligi ortib borsa, ikkinchi tomondan zanjirning uzunligi tezligi oshib, molekulyar massasining qisqarishiga sabab bo'ladi. Ultrabinafsha va radiatsion nurlar ta'sirida boruvchi reaksiya polimerlanish tezligi temperaturaga unchalik bog'liq emas. Bunda u, asosan, nurlarning intensivlik darajasiga bog'liq va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: bu tenglamada: V - polimerlanish tezligi: K - reaksiya tezligi konstatasi: I - nurning intesiivlik darajasi: Radikal polimerlanishda initsiator miqdorini muhim axmiyati bor. Initsiator miqdorining ortib borishi va uning parchalanishi natijasi da aktiv markazlari soni kupayib, polimerlanish tezligi intsiator kontsentratsiyasining ildiz ostidagi qiymatiga to'g'ri proportsionaldir. bu tenglikda: V - polimerlanish tezligi: K - reaksiya tezligi konstatasi: i - initsiatorning kontsentratsiyasi Polimerlanish darajasi esa initsiator kontsentratsiyasining ostidagi qiymatiga teskari proportsionaldir: bu yerda: P - polimerlanish darajasi. yuqori molekulyar moddalar sintez qilish davomida reaksiyaning mexanizmi va uning kinetik xususiyatlari ayni reaksiya sharoitiga ta'sir qilish-kilmasligini o'rganish uchun hosil bulayotgan polimerning fizik xossalari va kimyoviy tuzilishini aniqlash kabi usullaridan foydalanish mumkin. Sanoatda polimer ishlab chiqarish jarayonlari shu tarzda olingan ma'lumotlar yordamida takomillashtiriladi. Polimerlanish reaksiyasi davomida monomer solishtirma xajmining uzgarib borishi, polimerlanish jarayonining tezligini kuzatishga imkon beradi. Bunday tekshirish dilametr ataluvchi asbobda bajariladi. Dilametrda ingichka shisha naydagi reaksion modda satxining o'zgarishi aniklanadi, chunki monomer polimerga aylanganda xar doim uning solishtirma xajmi kamayadi. Chunki polimerlanish protsessida monomer kush boglari uzilib, molekula o'lchami kattalashadi. Natijada uning zichligi ortadi. Polimerning zichligi monomerning zichligidan xar doim katta bo'ladi. Strukturasi chiziqsimon eruvchan polimerning o'rtacha molekulyar massasini, hamda fraksion tarkibini aniqlash, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalarining mexanizmlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar beradi. Polimerlanish reaksiyasiga kiruvchi moddalar tarkibida kush bog yoki boshqa to'yinmagan gruppalar bo'lishi shart. Bunday moddalar tarkibida bir to'yinmagan funksional gruppa tutganlarga barcha vinil hosilalar, aldegidlar, ketonlar, atsetilen va uning hosilalari misol bula oladi . Polimerlanishga moyil kuidagi boglar malum: C=C, C=N- , C=O , -C C- Termodinamik nuqtai nazardan karaganda polimerlanish jarayonida monomerning erkin energiyasi kamayadi: F = H - TS Bu formulada: F - sistema erkin energiyasining o'zgarishi; H - sistema entalpiyasining o'zgarishi (reaksiya issiqlik effektining teskari ishora bilan olingan miqdorga teng); S - sistema entropiyasining o'zgarishi. Polimerlanish jarayonida sistemaning entropiyasi kamayadi. Olefinlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.77 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.77 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: doc