Radio kabul qiluvchi qurilmalar Reja: Radio kabul qiluvchi kurulmalar haqida umumiy tushunchalar. Radio kabul qiluvchi kurulmalarning asosiy parametrlari. Bevosita kabul qiluvchi kurulmaning struktura sxemasi va undagi bloklarning vazifalari. Bevosita kabul qiluvchi kurulmalarning afzallaiklari va kamchiliklari. Radiopriyomnik, radio signallarni tarkatuvchi stansiyalarning signallarini kabul qilib, ularni kuchaytiruvchi sungra tovush chastotali signallarga aylantiruvchi qurilmadir. Ular yordamida radioeshittirish, televideniye, turli obyektlarning joylashgan o'rnini aniqlash (radiolokatsiya), samolyotlarning uchish va kemalarning suzishini boshqarish (radionavigatsiya), korrespandentlar o'rtasida aloqa urnatish (radioaloqa), turli qurilmalarni boshqarish (radiotele boshqarish) va shunga o'xshash ishlar amalga oshiriladi. Kabul qilish qurilmalaridan shuningdek, radiospektroskopiya va radioastronomiyada xam foydalaniladi. Xamma radio kabul qilish qurilmalari yagona umumiy maqsad uchun mo'ljallangan bo'ladi, yani radioperidatchiklardan nurlantiruvchi radioto'lqinlar energiyasini chikarib olish, filtrlash, kuchaytirish vafoydali informatsiya signaliga uzgartirishdan iborat. hozirgi vaqtda radiosanoatimiz, malum maqsadda foydalanilishi sxematik jihatdan qurilishi va boshqa ko'rsatkichlari bilan bir- biridan farqlanuvchi ko'p sonli radiopryomniklar ishlab chikarmokda. Ular malum maqsadda qo'llanilishi bo'yicha radioeshittirish, telivizion aloqa, radionavigatsion, radiolakatsion va radiotele boshqaruv priyomniklariga bulinadi. Sxematik qurilishi bo'yicha detektorli, to'g'ri kuchaytiriluvchi priyomniklar, regenerativ va supergeterodin tiplarga ajratiladi. Ular samarodorlik darajasi va ish sifatini xarakterlovchi klasslarga bulinadi. Priyomniklar urnatilish joyiga karab, priyomniklar kuchirilib yuruvchi, avtomabillar hamda samalyotlarga mo'ljallangan va boshqalar bo'lishi mumkin. Priyomniklarni inergiya bilan ta'minlanishi sistemasi bo'yicha elektr tarmoqli, batareyalar va unversal ta'minlanuvchi bo'lishi mumkin. Priyomniklar quyidagi asosiy ko'rsatkichlarga ega: sezgirlik, selektivlik, kabul qilish to'lqinlarining diyapazoni, qaytariladigan chastotalar diyapazoni, shu diyapazondagi tovush bosimi va chiqishda signalni takrorlashning boshqa sifat ko'rsatkichlari. Priyomnik sezgirligi. Kuchlanishning berilgan qiymatida (Mk V) tashqi antenna kirilishdan berilgan foydali informatsiyaning normal kabul qilinishini taminlovchi priyomnikni qobiliyati sezgirlik deb ataladi. Normal kabul qilish deganda priyomnikning chiqish qurilmasi radiokarnay yoki telefonning ish rejimini nominal ta'minlash tushuniladi. Priyomniklarning vazifasiga ko'ra ularning sezgirligi keng chegarada o'zgarishi mumkin. Masalan: Radioeshittirish priyomniklarida u 2,5,,300 mk V chegarada uzgaradi hamda rpiyomniklarning to'lqin diapozoni va klassiga karab bu miqdor turlicha bo'lishi mumkin. Statsionar priyomniklar DV diapazonda quyidagi sezgirlikga ega: a) yuqori klassda - 50 mkV, b) birinchi klassda -150 mkV, v) turtinchi klassda-300 mkV. UKV diapazondagi sezgirlik: a) yuqori klassda - 2,5 mkV, b) birinchi klassda -5 mkV, v) turtinchi klassda-15 mkV. Sezgirlik miqdori asosan priyomnikning kuchaytirish xususiyati va sxemaning tuzilishiga bog'liq. Priyomnikning selektivligi. Priyomnikning ishlayotgan stansiyalar va radioxakitlar tomonidan antennada hosil qilingan EYuKning yig'indisidan kabul kilinuvchi signalni ajratib olish qobiliyati selektivlik (tanlovchanlik) deb ataladi. miqdor jihatdan tanlovchanlik qobiliyati ditsibellarda ulchanadi. Kushni kanal buycha selektivlik kabul qilingan signal miqdori sozlanishining ± 9 k Tts buzilishlarda susayishini o'lchash bilan baholanadi. Masalan: GOST reglamenti buycha DV av SV ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.87 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.87 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:07 ]
Arxiv ichida: doc