Radioaktiv yemirilish qonuni

Radioaktiv yemirilish qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Radioaktiv yemirilish qonuni - rasmi

Material tavsifi

11-sinf fizika darsligi asosida 41-mavzu: RADIOAKTIV YEMIRILISH QONUNI Fransuz fizigi A. Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o'rganayotib, g'aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o'tib qolganini ko'rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog'ozdan, yupqa metalldan oson o'tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma'lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi. Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius - nur so'zidan olingan), radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi. Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikular yo'nalgan magnit maydondan o'tkazilgan nur (7.11-rasm) uchta: α, β, γ - nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi - geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi - elektronlar oqimi, uchinchisi esa γ - kvantlar (fotonlar) oqimidir. Tabiiy radioaktivlik. Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas Radioaktivlikni har tomonlama chuqur o'rgangan yer-xotin Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element- poloniy (Po) va radiy (Ra)larni ajratib olish sharafiga muyassar bo'ldilar. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng ko'p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40K, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo'lishiga mutlaqo bog'liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta'sir ko'rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog'liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo'q. Tabiiy radioaktivlik deb, nostabil izotoplar atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi. Shunday qilib, radioaktivlik atom yadrosi va unda bo'ladigan jarayonlar haqida ma'lumot beruvchi manbalardan biridir. Radioaktiv yemirilish qonuni. Yadroning radioaktiv nur chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi radioaktiv yemirilish yoki soddagina yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilgan yadro ona yadro, hosil bo'lgan yadro esa bola yadro deyiladi. Xo'sh, bu yemirilish biror qonunga bo'ysunadimi? Ko'plab tajribalarning ko'rsatishicha, qaralayotgan hajmdagi radioaktiv atomlar soni vaqt o'tishi bilan kamaya boradi. Ba'zi elementlarda bu kamayish minutlar, hatto sekundlar davomida ro'y bersa, ba'zilarida milliardlab yil davom etadi. Umuman olganda, yadroning yemirilishi tasodifiy hodisadir. Shuning uchun, u yoki bu yadroning berilgan vaqt oralig'ida yemirilishi statistika qonunlariga bo'ysunadi. Radioaktiv elementning asosiy xarakteristikalaridan bittasi har bir yadroning bir sekund davomida yemirilish ehtimoli bilan aniqlanadigan kattalikdir. U λ harfi bilan belgilanadi va radioaktiv yemirilish doimiysi deyiladi. Agar boshlang'ich moment t = 0 da N0 ta radioaktiv atom mavjud bo'lsa, t momentda qolgan radioaktiv atomlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga