Raqamli elektr o'lchov asboblari Reja: Raqamli elektr o'lchov asboblari haqida umumiy ma'lumotlar. Raqamli voltmetrning struktura sxemasi va undagi bloklarning vazifalari. Raqamli elektr o'lchov asboblarining afzalliklari va kamchiliklari. Tayanch so'z va iboralar: kod, kod-impulsi, vaqt-impulsi, kuchlanish chastota o'zgartirgichi, kirish qurilmasi, taqqoslash-raqamli o'zgartirgich, raqamli hisobot qurilma, komparator, barqaror chastotali generator, raqamli hisoblagich. Keyingi yillar ichida raqamli elektr asboblar yuzaga keldi va takomillashdi.Bunday asboblarda o'lchanadigan uzluksiz kattaliklar qabul qilingan kodga muvofiq shartli belgilar (raqamli kombinatsiyasi) ga asbobning hisoblash qurilmasi o'zgatiriladi.Ishlash prinsipiga qarab raqamli voltmetrlarda kod-impulsi, vaqt-impulsli o'zgartirishlar va kuchlanish-chastota o'zgartirishlardan foydalaniladi. Kod-bu necha signallar (ko'pincha elektr tokining impulslari ) dan iborat bo'lib, elektr kattaliklarni shartli ravishda aks ettiradi.Raqamli asboblarda o'lchanayotgan kattalikni kod bilan yozish, uning X qiymatini o'lchov birligida aks ettiruvchi qiymat o'lchovi M bilan diskret holda taqqoslab amalga oshiriladi. Umumiy holda, raqamli voltmetr kirish qurilmasi (KK), taqqoslash-raqamli o'zgartkich (TRO') va raqamli hisobot qurilma (RHQ) dan iborat (7.1-rasm). Misol tariqasida, keng qo'llanilib kelayotgan vaqt-impulsli o'zgartirishli raqamli voltmetrlar (VT-8, VKT-10, F-200, F-220) ning ishlash prinsipini ko'rib chiqamiz.Ularning ishlashini izohlovchi struktura sxemasi va vaqtli diagramma (7.2-rasmda) keltirilgan. O'lchanayotgan kuchlanish kirish qurilmasi KQ ga beriladi.Mazkur qurilma katta qarshilikli kuchlanishni bo'lgich hisoblanib, uning chiqish joyida malum oraliqda (masalan. 0-1 V) o'zgaradigan normallashtirilgan kuchlanishni hosil qilish mumkin.Bunday normallashtirilgan kuchlanish komparator (KOMP) kirishining birortasiga beriladi. Komparator o'lchanayotgan kuchlanishni etalon bilan solishtiradigan qurilmadir.Komparatorning ikkinchi kirish joyi chiziqli ravishda o'zgaradigan kuchlanish generatori (ChO'KG)-relaksatsion generator chiqish joyiga ulangan bo'ladi.Kirish va kompensatsiyalovchi kuchlanishlar o'zaro teng bo'lgan vaqtda komparator kalit K ni berkituvchi impuls hosil qiladi. Barqaror chastotali generator BChG ishlab chiqargan impulslar kalit K orqali raqamli raqamli hisoblagich RS ga keladi.Hisoblagichning chiqishiga raqamli hioblash qurilmasi RHQ va raqam yozuvchi qurilma RYoQ ulanadi.Voltmetrning ishlashini boshqarish bloki BB boshqaradi.O'lchash siklining boshlanishida boshqarish blokining signali bo'yicha ChO'KG ishlay boshlash, kuchlanishni hosil qiladi va BChG () impulslarini hisoblagich o'tkazib yuboradi.Impuls bilan kalit K ochiladi.Normallashtirilgan kirish kuchlanishi va ChO'KG kuchlanishi tenglashgan paytda komparatorning signali bo'yicha kalit K yopiladi.Shunday qilib, RH ga kirgan impulslar miqdori o'lchash siklining boshlanish momenti dan muvozanat holati gacha bo'lgan vaqtga proportsional bo'ladi.Bu vaqt o'lchanayotgan kuchlanish ga propartsionaldir. Raqamli elektron voltmetrlarning nisbiy xatoligi 0,001% ni tashkil etadi.O'zgaruvchan kuchlanishli raqamli voltmetrlarda kirish qurilmasidan keyin ulanadigan qo'shimcha detoktor bo'ladi. Raqamli elektron asboblaridan voltmetrlar, ommetrlar, chastotomerlar, elektr energiyasi hisoblagrich va boshqa asboblar sifatida keng foydalaniladi. Raqamli o'zgarmas tok voltmetrlari 1mV dan 1kV gacha bo'lgan kuchlanishlarni sekundiga 200 martagacha o'lchash imkonini beradi. O'lchash xatoligining nisbatan kichikligi, tez ishlashi, o'lchash natijalarini raqam ko'rinishida berish va ularni raqam yozish qurilmalari yordamida ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:08 ]
Arxiv ichida: doc