Reaksiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari Reja: 1.Analitik reaksiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari. 2.Reaksiyalarning seziluvchanligi, tanlab ta'sir etuvchanligi, o'ziga xosligi. 3.Topilish minimumi,suyultirish chegarasi. 4.Reaksiyaning sezgirligini oshirish usullari. 5.Eritmalarni bo'lib-bo'lib va sistematik analiz qilish usullari 6.Guruh reagentining vazifalari, sifat analizida kationlar va anionlarning sinflanishi. Biror reaksiyani o'tkazishda shu reaksiyaga yaratilishi zarur, aks holda reaksiya natijasi shubhali bo'ladi. Masalan. Kislotada eriydigan cho'kmalar. Eritmada erkin holatdagi ortiqcha kislota bo'lganda, ajralib chiqmasligi turgan gap. Xuddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho'kmalar ishqoriy muhitda ajralib chiqmaydi. Agar cho'kma ishqorda ham, kislotada ham erisa, uni faqat neytral muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Demak, reaksiyani amalga oshirish uchun eng muhim sharoitlardan biri shu reaksiyalar uchun zarur bo'lgani muhitdir, uni kerak bo'lgan taqdirda kislota yoki ishqor qo'shib vujudga keltirish mumkin. Ikkinchi muhim sharoit eritmaning haroratidir. Bazi reaksiyalar sovuqda, bazilari qizdirish yo'li bilan boradi. Uchinchi muhim sharoit eritmada topiladigan ionning kontsentratsiyasi etarli darajada katta bo'lishidair. Uning kontsentratsiyasi juda oz bo'lsa, reaksiya chiqmaydi. Buning sababini bilish qiyin emas: har qanday moddaning eritmadagi kontsentratsiyasi uning ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo'lgandagina shu modda cho'kmaga tushadi. Bordiyu modda juda qiyin eriydigan bo'lsa aniqlanadigan ionning kontsentratsiyasi nihoyatda oz bo'lsada u cho'kmaga tushadi, bunday reaksiyalar seziluvchan deyiladi.Reaksiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog'langan ikkita ko'rsatkich-topilish minimumi (m) va suyultirish chegarasi (1:Q) bilan xarakterlanadi. Topilish minimumi modda yoki ionlarning reaksiya muayyan shart-sharoitlarda o'tkazilganda topilishi mumkin bo'lgan eng kam miqdoridir. Bu miqdor juda kichik bo'lganidan, u odatda mikrogrammlarda ifodalanadi(1mkg10-6 g). Topilish minimumi reaksiyaning seziluvchanligini to'liq ifoda eta olmaydi, chunki eritmada tegishli modda yoki ionning miqdori 18 emas, balki kontsentratsiyasi ham ahamiyatga ega. Shuning uchun, odatda moddaning ham shu reaksiya yordamida topilishi mumkin bo'lgan eng kam kontsentratsiyasini ifodalovchi suyultirish chegarasi ham ko'rsatiladi. U bazan minimal kontsentratsiya ham deyiladi. Suyultirish chegarasi 1:Q bilan ifodalanadi: bunda Q-erituvchining topiladigan modda yoki ionning 1 massa qismiga to'g'ri keladigan massa miqdori. Reaksiyaning seziluvchanligini tajribada aniqlash uchun topiladigan moddaning yoki ionning borgan sayin kamayib boruvchi miqdori bilan bir necha marta reaksiya o'tkaziladi. Bunday tajriba reaksiya chiqmay qolguncha davom ettirilaveradi va nihoyat shu yo'l bilan moddaning eritmadagi eng kichik, yani reaksiyaning borishi hamon isxonarli ekanligini ko'rsatib turadigan kontsentratsiyasi belgilab olinadi. Agar ionning kontsentratsiyasi suyultirish cherasidan katta bo'lsa cho'kma tez tushadi, kichik bo'lsa reaksiya chiqmasligi ham mumkin. Topiladigan ionning barcha qilingan reaksiyalaridan yarmi ijobiy natija bersa, bunday kontsentratsiyasi suyultirish chegarasi hisoblanadi. Bu kontsentratsiya bilib olingach, suyultirish chegarasi va topilish minimumi osongina hisoblab topiladi. Masalan Ag ionini topish uchun 2Ag CrO4-2 Ag2CrO4 reaksiyaning seziluvchanligini aniqlash uchun AgNO3 ning 1 litrida 1 g ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.42 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.42 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:08 ]
Arxiv ichida: doc