Real gazlarning termodinamik jarayoni Reja: Umumiy tushunchalar P diagrammada bug' hosil bo'lish jarayoni. Suv va bug' o'lchamlarini aniqlash. Su v bug'ining asosiy termodinamik jarayonlari. Umumiy tushunchalar Real gaz sifatida suv bug'ini ko'rib chiqamiz. Suv bug'i konservalash texnologiyasida bankalarni sterilizatsiya qilishda va texnikaning boshqa sohalarida keng qo'llaniladi. Shuning uchun suv bug'larining termodinamik jarayonlarini tadqiqod qilish katta ahamitga egadir. Bug'lar to'yingan va qizitilgan turlarga bo'linadi. To'yingan bug'lar quruq to'yingan (quruq) va nam to'yingan (nam) turlariga bo'linadi. Bug' xususiyatlarini tushintirish uchun suyuqlikni bug'ga aylanish jarayonini ko'rib chiqamiz. Bu jarayonini bug' hosil bo'lishi jarayoni deb aytiladi. Malumki, suyuqlik bug'ga parlanish va qaynash orqali aylanishi mumkin. Parlanish deb har xil harorati suyuqlik yuzasidan bug' hosil bo'lishiga aytiladi. Bug'lanish suyuqlikning tabiatiga va uning haroratiga bog'liqdir. Agar suyuqlikni atrofida cheklanmagan bo'shliq bo'lsa bug'lanish to'liq bo'lishi mumkin. Suyuqlikga issiqlik berilsa uning harorati ortadi va bug'lanish intensuvligi ortadi. Malum bir haroratda uning hamma massasi bo'ylab bug'lanish boshlanadi. Bunda idish devorlarida va suyuqlik ichida bug'ning pufakchalari hosil bo'ladi. Bu holat suyuqlikni qaynashi deyiladi. Bug' hosil bo'lishga teskari bo'lgan jarayoni kondensatsiya deb aytiladi (suvga aylanish). Bug'ning kondensatsiya natijasida suyuqlikni aylangani kondensant deyiladi. Agar kondensatsiyalanish tezligi bug'lanish tezligiga teng bo'lib qolsa sistemada dinamik muvozanat ro'y beradi. Bunda bug' maksimal zichlikga ega bo'ladi va to'yingan deyiladi. To'yingan bug' manosi ostida suyuqlik bilan muvozanat holatda to'rgan bug'ga aytiladi. Bu holatdagi qaynash haroratini to'yinganlik harorati deyiladi va tn(Tn), bilan belgilanadi. tn ga muvoffiq bo'lgan bosim to'yinganligi bosimi deyiladi va Rn yoki sodda R bilan belgilanadi. Bug' bir tomchi suyuqlik qolgunga qadar hosil bo'lishi mumkin. Bu momentga quruq to'yingan bug' holati to'g'ri keladi. Suyuqlik to'liq bug'lanib ketmasdan hosil bo'lgan bug' nam to'yingan bug' deyiladi. Bu quruq bug' bilan suyuuklik tomchilarining aralashmasi hisoblanadi. Quruq bug'ning nam bug'dagi og'irlik ulushi quruqlik darajasi deyiladi va x bilan belgilanadi. Suyuqlikni nam bug'dagi og'irlik ulishi namlik darajasi deyiladi va «u» bilan belgilanadi. Demak, y=1-x. Quruqlik darajasi va namlik darajasi birning ulushlarida, yoki % da ifodalanadi. Agar x=0.95 bo'lsa, u=1-x=0.05 bo'ladi. Bu aralashmada 95% quruq bug' va 5% qaynovchi suyuuklik borligini bildiradi. Agar bug'ning harorati shu bosimdagi to'yingan bug'ning haroratidan katta bo'lsa bunday bug'ni qizdirilgan deyiladi. Qizdirilgan bug' harorati bilan shu bosimdagi to'yingan bug' harorati orasidagi farq qizdirilganlik darajasi deyiladi. Qizdirilgan bug'ning zichligi to'yingan bug'ning zichligidan kichikdir. Shuning uchun qizdirilgan bug' to'yinmagan bo'ladi. qizdirilgan bug' o'zining fizik xususiyati bilan gazga yaqinlashadi. Bug' qozonlarida bug' suvdan doimiy bosim ostida hosil bo'ladi, shuning uchun bug' hosil bo'lish termodinamik jarayoni R=const bo'lgan holda ko'rib chiqiladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.08 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.08 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:08 ]
Arxiv ichida: doc