Relaksatsion tebranish yordamida katta qarshilik va sig'imlarni o'lchash

Relaksatsion tebranish yordamida katta qarshilik va sig'imlarni o'lchash

O'quvchilarga / Fizika
Relaksatsion tebranish yordamida katta qarshilik va sig'imlarni o'lchash - rasmi

Material tavsifi

Relaksatsion tebranish yordamida katta qarshilik va sig'imlarni o'lchash Reja: 1. Ishni bajarish tartibi. 2. O'lchash natijalarini ishlash. Kerakli asboblar: Katta qarshilikka ega rezistorlar, MYe-8, yoki MTX-90 neon lampa, voltmetr, sekundomer, doimiy tok manbai. Ishni bajarishdan maqsad 1-shaklda keltirilgan (L) neon lampada hosil bo'ladigan relaksatsion avtotebranishlarni o'rganishdir. Sxemadagi R0 va C0 malum, R1, R2, C1, C2 lar esa, nomalum rezistor va kondensatorlardir. Neon lampa biksima (tleyushiy) razryadning eng oddiy ikki elektrodli asbobi bo'lib, ikkita metall elektrod (anod va katod) kavsharlangan shisha balondan iboratdir. Ballon past bosimda neon gazi bilan to'ldirilgan, shuning uchun ish paytida lampaning ichida qizg'ish nurlanish yuz beradi. To'g'rilagichdan olingan kuchlanish (P) potentsiometr orqali tekis va ravon o'zgartiriladi va (AV) chiqishdagi kuchlanish voltmetr bilan o'lchanadi. Ayni shu kuchlanish neon lampali relaksatsion sxemaga beriladi. Sxema R qarshilikli rezistorlardan va S kondensatorlarga parallel ulangan (L) neon lampadan iborat. Neon lampaning asosiy xususiyati shundaki elektrodlar orasida faqat Uyo va undan ortiq yoqilish potentsiali deb ataluvchi malum potentsiallar farqi bo'lgandagina u tok o'tkazadi (yonadi). 1-shakl. Agar lampa elektrodlaridagi kuchlanish yoqilish potentsialidan kichik bo'lsa, u holda lampa orqali tok o'tmaydi va lampaning (Ri) ichki qarshiligi cheksiz katta bo'ladi. Agar potentsiallar farqi yoqilish potentsialidan katta bo'lsa, dielektrik teshilishi yuz beradi, lampa orqali tok o'tadi. Lampaning ichki qarshiligi esa keskin kichiklashadi. Neon lampaga berilgan va voltmetr bilan o'lchangan potentsialini Uo bilan (1-shakldagi A va V nuqtalar orasi), Uyo yoqilish potentsiali, Uo' o'chish potentsiali deb belgilaymiz. Relaktssatsion tebranish sodir bo'lishi uchun Uo Uyo bo'lishi kerak. Zanjir ulanishda (1-shakldan K kalit yopiq) (R ) rezistor orqali (S) kondensator zaryadlanadi va undagi (va unga parallel bo'lgan neon lampa) kuchlanish asta-sekin o'sadi. Kondensatordagi (neon lampadagi U) kuchlanish Uyo ga erishsa, lampa yona boshlaydi, yani lampadan tok o'tadi. Lampaning ichki qarshiligi keskin kichiklashadi va neon lampa orqali kondensatorni razryadi sodir bo'ladi. Agar kondensatordagi (lampadagi ham) potentsiallar farqi Uo' qiymatigacha pasaysa, u holda lampa o'chadi, bu paytda lampani qarshiligi keskin kattalashadi (Ri ) Kondenstaor yangidan zaryadlanadi va butun sikl takrorlanadi. Shunday qilib davriy ravishda, malum vaqt oralig'ida S kondensatordagi kuchlanishga bog'liq ravishda neon lampa yonib va o'chib turadi. SSL lampaligini nazarda tutib, Kirxgofning qoidasiga binoan ARCBA yopiq kontur uchun: Uo'=Uc=U0 (1) JR=qC=U0 (2) ni yozamiz. Boshlang'ich shart t=0 ligida Uc=Uo' , yani boshlang'ich momentda kondensator Uo' qiymatigacha zaryadlangan. Uc kondensator qoplamlari orasida kuchlanish. Boshlang'ich shartni nazarga olgan holda (2) tenglamaning yechimi quyidagini beradi: Uc=U0-(U0-Uc)e-tRC (3) «K» kalitni ulagan paytdan boshlab, kondensatordagi kuchlanish (3) qonuniga binoan asta - sekin o'sadi. Kondensatordagi kuchlanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.81 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.81 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga