Rentgen nurlari va uning difraksiyasi

Rentgen nurlari va uning difraksiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Rentgen nurlari va uning difraksiyasi - rasmi

Material tavsifi

Rentgen nurlari va uning difraksiyasi Reja: Rentgen nurlarining kashf etilishi Rentgen nurlari va uning difraksiyasi Xulosa 1. Rentgen nurlari va uning difraksiyasi O'tgan asr oxirida Germaniyadagi Vyursburg universiteti professori V.Rentgen gazlarda elektr razryadi ustida tajribalar o'tkazdi. U ikki kavsharlangan elektrodga ega bo'lgan, atmosfera bosimiga nisbatan ~10-5 bosimgacha havosi so'rilgan shisha trubkani ishlatdi. Elektrodlarga yuqori kuchlanish berilganida anod (musbat elektrod) atrofidagi shisha sarg'ish-yashil yorug'lik bilan yorug'lana boshlangan. Bu yorug'likni fiziklar katod nurlari deyiladigan nurlar ta'siri oqibati, deb tushuntirgan. Ularni katod nurlantiradi hamda u anodga va qisman trubka devoriga tushadi. Keyinroq, bu nurlar manfiy zaryadlangan zarralar-elektronlar oqimi ekanligi isbotlandi (10.1-rasm) 1895 yil noyabr oyi oqshomlaridan birida Rentgen laboratoriyada ishlayotib, ajoyib hodisani kuzatdi. Tajribalar o'tkazish uchun u razryad trubkani oddiy yorug'likni o'tkazmaydigan qora qog'ozga o'radi. Xona qorong'i edi, bu olimga trubkaga yaqin joyda yotgan bariy tuzi kristallari kuchsiz yorug'lik chiqarayotganini payqashga imkon berdi. U trubkadagi kuchlanishni uzganda yorug'lanish yo'qoldi. Shundan keyin Rentgen bariy tuzi bilan qoplangan ekranni trubka yaqiniga o'rnatdi. Ekran yorug'landi. Olim trubka bilan ekran orasiga turli buyumlarni joylashtira boshladi. Karton, qog'oz ebonit plastinka yorug'lanish ravshanligiga ta'sir ko'rsatmadi. Metall buyumlar ekranga soya tushirdi. Trubkaning moddadan o'tib ketuvchi noma'lum nurlar manbai ekanligi ravshan bo'ldi. Bu nurlarni Rentgenning o'zi «X-nurlar» deb atadi, biz esa ularni Rentgen nurlari deymiz. rasm. Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod. X-nurlar yo'liga tadqiqotchi o'z qo'lini qo'ydi va ekranda qo'l skeletning soya tasviri paydo bo'ldi. Yumshoq to'qimalar nurlanish uchun shaffof, suyaklar esa uni deyarli o'tkazmas edi. Olimning «Nurlarning yangi turi haqida» sarlavhali birinchi maqolasida Rentgen o'zi kashf qilgan nurlar xossalarini tavsifladi, bu maqola butun dunyoni aylanib chiqdi va keyin barcha Yevropatillarida alohida kitobcha shaklida bosildi. Ammo, Rentgen sirli nurlar tabiatini tushuntirib bera olmadi. U elektronlarning mavjudligini bilmas edi, ana shu elektronlarning trubka shishasida tormozlanishi rentgen nurlar va ko'rinadigan yashil yorug'lik paydo bo'lishining sababi edi. Zaryadli zarra modda ichiga uchib kirganda tormozlanadi va, o'z tezligini yo'qotadi va elektromagnit to'lqinlarini nurlantiradi. Rentgen nurlar to'lqin uzunligi diapazoni dan gacha oraliqda yotadi. Elektromagnit to'lqinlar shkalasida ular ul'trabinafsha nurlanish va gamma-nurlanish orasidagi joyni egallaydi. Tormozlovchi elektronlar dastasi turli to'lqin uzunlikka () ega bo'lgan to'lqinlarni nurlantiradi. Bu to'lqinlar uzluksiz rentgen spektr tashkil qiladi, lekin, bundan boshqa ning muayyan qiymatlariga ega bo'lgan to'lqinlar guruhiga tegishli ayrim spektral chiziqlar ham mavjud bo'ladi. Ularning tabiati quyidagicha: tushayotgan zarralar atomni ionlaydi va hosil bo'lgan bo'sh o'rinlarga yuqoriroq energiya sathlaridagi elektronlar o'tadi. Bunda muayyan energiyali kvant nurlantiriladi. Bo'sh sath atomning tashqi elektronlar qobig'ida hosil bo'lganda ko'rinadigan yorug'lik yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.01 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.01 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga