Rentgen nurlari

Rentgen nurlari

O'quvchilarga / Fizika
Rentgen nurlari - rasmi

Material tavsifi

Rentgen nurlari Reja: 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. 2. Rentgen nurlarning spektrlari 3. Uzlukli va uzluksiz spektrlar. 4. Mozli qonuni. 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. Rentgen nurlarini 1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Rentgen (1845-1923) kashf etgan. U bu kashfiyoti uchun 1901-yilda birinchi bo'lib Nobel mukofotini olishga sazavor bo'lgan. V.Rentgen o'zi kashf etgan nurlarni dastlab X-nurlar deb atagan, keyinchalik bu nurlar uni nomi bilan ataladigan bo'ldi. V.Rentgen bu kashfiyotini katod nurlarini o'rganish vaqtida tasodifan topdi. U tajribalaridan birida katod nayini qora kardon qog'oz bilan yaxshilab o'radi. Xonani qorong'i qilib, katod nayida razryad hosil qilganda xonani boshqa tomonida u qandaydir nurlanishni ko'rdi. Ma'lumki, katod nurlari (elektronlar oqimi) havoda bir necha santimetr masofagacha tarqalishi mumkin xolos. Tajribani takrorlaganda ham, yana bu hol takrorlandi. Xonani yoritib qarasa, nurlanayotgan narsa, qurilma yaqinidagi flyuoressensiyalanuvchi ekran ekan. Shunda rentgen yangi nurlanish turiga duch kelganini tushundi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, rentgen nurlanishi katta tezlikdagi elektronlarni keskin tormozlanishi natijasida hosil bo'lar ekan. Rentgen nurlari sxemasi tasvirlangan rentgen trubkasida hosil qilinadi. Maxsus transformatorga ulanadigan volfram sim katod (K) vazifasini o'taydi. Katod va anod (A) orasida hosil qilinadigan elektr maydon katoddan uchib chiqayotgan termoelektronlarni tezligini orttiradi. Yetarlicha katta kinetik energiyaga erishgan elektronlar volfram yoki platinadan qilingan anod mishenni ichiga kirib borish vaqtida keskin tormozlanishi natijasida rentgen nurlari hosil bo'ladi. Bu nurlar to'lqin uzunligi 10-12-10-8 oralig'ida bo'lgan elektromagnit to'lqinlardan iborat. Rentgen nurlarining elektromagnit to'lqin tabiati ularning kristallardan o'tishdagi difraksiyasi orqali isbotlangan. 2. Rentgen nurlarning spektrlari. Rentgen nurlarining spektral tarkibi murakkab bo'lib, elektronlar energiyasiga va anod materiallarining turiga bog'liq. Rasmda rentgen nurlari spektrining tipik shakli tasvirlangan. Rentgen nuri spektri qisqa to'lqin uzunlik tomondan chegaralangan min tutash va tutash spektr sohasida joylashgan katta intensivlikdagi bir necha chiziqli (1, 2,) spektrlar yig'indisidan iborat. Tajribani ko'rsatishicha tutash spektr anod materialiga bog'liq bo'lmay, u faqat anodga urilayotgan elektronning energiyasiga bog'liq bo'lib, elektronlarning anodga urilishi natijasida tormozlanishi tufayli hosil bo'lar ekan. Shuning uchun ham rentgen nurining tutash spektri tormozlanish spektri deb ham ataladi. Bunday xulosa nurlanishning klassik nazariyasiga ham mos keladi, ya'ni bu nazariyaga ko'ra zaryadli zarrachalar tormozlanganda tutash spektrli nurlanish hosil bo'lishi kerak. Agar anod va katod orasidagi kuchlanishni orttirib borsak, tutash rentgen nurini qisqa to'lqin uzunlik tomondagi chegarasi ham qisqa to'lqin uzunlik tomonga siljib boradi. Rentgen nuri tutash spektrini qisqa to'lqin uzunliklar sohasidagi keskin chegarsini faqat kvant nazariya asosida tushuntirish mumkin. Agar elektronning kinetik energiyasi to'liqicha nurlanishga sarflansa, nurlanish chastotasi eng katta yoki nurlanish to'lqin uzunligi eng kichik bo'ladi, ya'ni e U = Bu ifoda tajriba ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 237.16 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 237.16 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga