Rentgen va uning kashfiyoti

Rentgen va uning kashfiyoti

O'quvchilarga / Fizika
Rentgen va uning kashfiyoti - rasmi

Material tavsifi

Rentgen va uning kashfiyoti REJA: 1. V.K.Rentgenning hayoti va ijodi 2.Rentgen kashfiyoti 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar V.K.Rentgenning hayoti va ijodiy faoliyati to'g'risida ma'lumot kam. Uning ilmiy ishlari va shaxsiy xatlari vasiyatiga ko'ra yo'q qilingan. Zamondoshlari va shogirdlarining aytishicha ulug' olim kamtar, insofli va mehnatsevar, lekin kam muloqotli, badjahl, odamovi va prinsipial inson bo'lgan. V.K.Rentgen 1845 yil 27 martda Germaniyaning Leplyen shaharchasida (Gollandiya chegarasiga yaqin) tug'ilgan. Uning otasi Fridrix Konrad Rentgen movut ishlab chiqaradigan fabrikaning egasi va kichikroq savdogar bo'lgan. Onasi - Sharlotta Konstansa Gollandiyaning madaniyatli va boy oilasidan chiqqan. V.K.Rentgen o'rta ma'lumot olmagan, chunki u bir o'rtog'ining qilmishlari uchun gimnaziyadan haydalgan. yetuklik shaxodatnomasini olishga harakat qilgan, lekin imtihon topshira olmagan. 1865 yilning bahorida V.K.Rentgen oilasi Shveysariyaga ko'chadi va onasining qistovi bilan yetuklik shahodatnomasisiz Syurixdagi politexnika institutiga o'qishga kiradi. Studentlik davrida talabalar uchun xizmat qiladigan restoran xo'jayinining qizi Berta Lyudvigni sevib qolib mashg'ulotlarga qatnashmay qo'yadi va institutdan haydalish ehtimoli yuzaga kelib qoladi. Lekin bo'lg'usi qaylig'ining aqlliligi tufayli V.K.Rentgen astoydil o'qishga kirishadi. 1868 yili 24 yoshida institutni bitirib, mashinasozlik mutaxassisi diplomini olgach, bir yildan so'ng doktorlik darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlaydi, shundan keyingina Bertaga unashtiriladi. 188 yilda Vyursburg universitetidan atoqli fizik Kolraush ketishi munosabati bilan u kafedra mudiri lavozimidan ozod qilinadi va professorlik lavozimiga Rentgen taklif etiladi. Bu lavozimga o'tirgan 43 yoshli Rentgenga fizika laboratoriyasining kaliti ham topshiriladi. Bu yerda u o'zining tadqiqotlari bilan dunyoga mashhur bo'ladi. 1894 yilda V.K.Rentgen eng yaqin do'sti va ustozidan ajraladi. Ko'p vaqt o'tmay V.K.Rentgen Vyursburgdagi fizika institutiga direktor qilib tayinlanadi va bu yerda sirli nurni kashf etadi. Katod nurlari ustidagi tajribalariga Rentgen puxta tayyorlangan. U hech qanday yorug'lik va katod nurlarini o'tkazmaydigan g'ilof tayyorlaydi, uning ichiga Gittorf-Kruks trubkasini joylaydi. 1895 yil 8 noyabr oqshomida V.K.Rentgen katod nuri ustida tajriba o'tkazadi. Qorong'i sharoitda har gal katod nurini ulaganida u bariy platinosianid bilan qoplangan qattiq qog'ozning yorishishini kuzatadi. Bunday hodisa uni juda qiziqtiradi. Noma'lum hodisadan hayratda qolgan Rentgen labaratoriyadan tashqariga chiqmay, 9 vaqt-vaqti bilan ovqat keltirib turishni xotinidan iltimos qiladi. Laboratoriyaga yig'ma karavot qo'yib, yetti hafta hech qayerga chiqmaydi. Bir necha bor o'tkazilgan tajribalar natijasida Rentgen elektr tokiga ulangan trubkaning katod va yorug'lik nularidan tashqari yana bir noma'lum nur sochishi va uning trubka oynasidan, yorug'lik o'tkazmaydigan g'ilofdan va qalin qavatli havodan o'tish xususiyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. V.K.Rentgen elektrga ulangan trubka bilan ekran orasiga qalin kitob qo'yganida, ekranning yorishib turishini ko'radi. U noma'lum nurning ichkariga chuqur kirib borish xususiyatini aniqlaydi. Navbatdagi tajribalarida noma'lum nurning metalldan ishlangan yupqa plastinkadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 467.1 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 467.1 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga