8-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: ELektr zanjirdagi tok kuchimng o'tkazgich qarshiligiga bog'liqligidan elektrotexnikada keng foydalaniladi. Turli qarshilikli o'tkazgichlarni tanlab zanjirdagi tokni boshqarish mumkin. Shu maqsadda elektrotexnikada rezis-torlardan foydalaniladi. Rezistar - elektr zanjirda tokni va kuchlanishni rostlash uchun qoilaniladigan ma'lum qarshilikli elektr asbob. «Rezistor» so'zi lotincha «resisto» - «qarshilik» degan ma'noni anglatadi. 53-a rasmda eag sodda rezistor tasvirlangan. U karkas, sim va qoplamadan iborat. Karkas va qoplama yonmaydigan va tok o'tkazmaydigan materialdan, masalan, chinnidati, sim esa solishtirma qarshiligi katta materialdan tayyorlanadi. Simning ikki uchi zanjirning tegishli qismiga ulanadi. Ko'p hollarda rezistordagi sim o'rniga katta qarshilikka ega materialdan tayyorlangan qatlam qo'llaniladi (53-b, rasm). Bu qatlamning ikkala chckkasi o'tkazgich simga mahkamlangan bo'lib, bu simlar orqali zanjirga ulanadi. 53-d rasmda tasvirlangan rezistor kichik qar-shilikli bo'lib, unda tok o'tkazmaydigan va yonmaydigan material - sopol ichiga kichik qarshilikli sim spiral shaklida joylashtirilgan. Rezistorlarning elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 53-e rasmda aks ettirilgan. 54-rasmda radiotexmkada qo'llaniladigan rezistorlarning namunalari keltirilgan. Ko'p hollarda elektr zanjirda qarshilikni o'z-luksiz kamaytirish yoki ko'paytirish zarur bo'lib qoladi. Masalan, kinoteatr zali chiroqlarini asta-sekin o'chirish uchun zanjirdagi tok bir me'yorda kamaytiriladi. Elektropoyezd tezligini asta-sekin oshirish uchun elektr dvigateldagi tok bir me'yorda oshiriladi. Bu maqsadlarda rezistordan foyda-lanish yetarli emas. Chunki rezistor ma'lum qarshilikka ega bo'lib, undagi qarshilikm o'zgartirib bo'lmaydi. Elektr qarshiligini o'zgartirish orqali tok kuchini bir me'yorda o'zgartirishda reostatdan foydalaniladi. Reostat Reostat - elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash, ya'ni o'zgartirish uchun qo'llaniladigan elektr asbob. «Reostat» yunoncha so'z bo'lib, «reos» - «oqim» va «statos» - «qo'zgalmas» degan ma'nolarni bildiradi. Solishtirma qarshiligi katta bo'lgan materialdan, masalan, nikelin yoki nixrom simdan eng oddiy reostat yasash mumkin. Nikelin simning ikki uchini izolator orqali shtativlarga mahkamlaylik va 55-rasmda ko'rsatilgandek elektr zanjirni yig'aylik. Suriluvchi D kontaktni u yoq-bu yoqqa surib, simning zanjirga ulangan AD qismini uzunroq yoki kaltaroq qilish mumkin. Bunda o'tkazgichning qarshiligi, biaobarin, zanjirdan o'tayotgan tok kuchi o'zgaradi. Amalda qo'llaniladigan reostatlar ixcham bo'lib, ularning ishlashi yuqorida ko'rsatilgan oddiy reostat kabidir. Maktab reostatlaridan biri va reostatlaming elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 56-rasmda tasvirlangan. Bunday reostatda nikelin sim sopol silindrga o'ralgan bo'ladi. Sim yupqa izolatsiya qatlami bilan qoplangan. Simning uchlari (1 va 1 qisqichlarga ulangan. Metall sterjen (2 va 2') qisqichlarga mahkamlangan. Sterjendagi (3) surgich sim o'ramlari bilan sterjenni bir-biriga kontaktga keltiradi. 57-rasmda keltirilgan elektr sxemada chul-g'am ustida joylashgan metall sterjen bo'ylab 3 surgich surila oladi. Surgichning kontakti chulg'amning o'ramlariga siqilib tegib turadi. Surgichning o'ramlarga ishqalanishi natijasida uning kontakti ostidagi izolatsiyalangan qatlam yediriladi. Natijada (7) qisqichga kelayotgan tok o'ram va surgich ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:09
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:09 ]
Arxiv ichida: ppt