Sanoat pechlari va o'txonalari

Sanoat pechlari va o'txonalari

O'quvchilarga / Fizika
Sanoat pechlari va o'txonalari - rasmi

Material tavsifi

Sanoat pechlari va o'txonalari Reja: 1. Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida umumiy ma'lumot 2. O'txona qurilmalari 3. Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari. 4.Tortish - puflash qurilmalari 5. Qozon agregatining issiqlik balansi 1. Sanoat pechlari. Sanoat pechlari haqida umumiy ma'lumot Sanoat pechlarida yonish mahsulotlari - gazlar issiqlik tashuvchi vazifasini bajaradi. Ularning issiqligi energetik maqsadlarda emas, balki, texnologik maqsadlarda ishlatiladi. Pechlar maishiy va sanoat pechlariga bo'linadi. Sanoat pechlarining asosiy vazifasi - materiallar va buyumlarga termik ishlov (materiallarni qizdirish va eritish, kulolchilik buyumlarini pishirish, non yopish, quritish va sh.k.) berishdir. Ular yuqori temperaturali jarayonlar kechadigan qurilmalar qatoriga kiradi. Masalan, metallarni marten pechlarida eritish uchun 1800-200 S temperatura zarur bo'ladi. Temirchilik pechlarida po'latlar 1300 - 1500 S temperaturada qizdiriladi, o'tga chidamli materiallar esa, 1500 - 1800S temperaturalarda pishiriladi. Pechlar ishlab chiqarishning ko'p sohalarida (metallurgiya, mashinasozlik, oziq - ovqat va kimyo sanoati, qurilish materiallari va boshqalar) keng ko'lamda ishlatiladi. Sanoat pechlarida asosiy issiqlik manbai - organik yoqilg'idir. Elektr pechlari ham hozirgi vaqtda keng qo'llanilmoqda. Bugungi kunda sanoat pechlarining umumiy qabul qilingan aniq bir tasnifi yo'q. Masalan, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: Texnologik vazifasiga ko'ra: Eritish pechlari - bularda metallar, minerallar, shisha va shu kabilar (domna va marten pechlari, rangli metallar eritish pechlari va shu kabilar) eritiladi; Qizdirish pechlari - bularda metallarga ishlov berishdan oldin ular qizdiriladi (temirchilik pechlari), termik pechlar -bularda materiallarga termik ishlov berish maqsadida ular qizdiriladi; kuydirish (pishirish) pechlari - bularda turli hil materiallar (sopol, oxak, tsement) kuydiriladi; quritish pechlari - bularda materiallardan namlik chiqarib yuboriladi, bo'yalgan buyumlar quritiladi. Energiya ta'minotiga ko'ra: yoqilg'i pechlari - bular ham o'z navbatida qattiq, suyuq va gaz yoqilg'i pechlariga bo'linadi. Elektr pechlari - bularda elektr energiyasi isiqlik energiyasiga aylanadi. Bu pechlar ham quyidagicha ajratiladi: elektr qarshilik pechlari, yoy, induktsion, kontakt, elektron hamda yuqori chastotali pechlar. 3. Ishlash vaqtiga qarab: uzluksiz ishlaydigan (1-rasm); davriy ishlaydigan. 4. Ishchi yuzaning shakliga qbara: kamerali (1-rasm); tonnelli; halqasimon (2-rasm) - bu pechlar pishiq g'isht ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. 1-rasm. Sanoat pechining umumiy sxemasi. 1-yoqilg'ini uzatish; 2- yoqilg'i qatlami; 3-panjara; 4-o'txona (qatlamli) 5-puflash ventilyatori; 6- regenerativ havo isitkich; 7-birlamchi havo; 8-ikkilamchi havo; 9-termik ishlov berilayotgan buyum; 10-buyumni tashish qurilmasi; 11-pechning ishchi yuzasi; 12-ta'minot nasosi; 13-qaynoq issiqlik tashuvchi (suv, bug'); 14-qozon utilizator uzatish; 15-so'rish ventilyatori; 16-mo'ri; 17- kul va shlakni chiqarib yuborish. 2-rasm. halqasimon pechning sxemasi. 1-yuklash; 2-tushurish; 3-yoqilg'i; 4- havo; 5-kuydirish sohasi; 6-sovutish sohasi; 7- toblash sohasi; 8-isitish sohasi; 9-quritilish sohasi; 10-puflash. Shaxta pechlar - bular bo'yi cho'zilgan, ko'ndalang kesimi yumaloq, yassi yoki to'g'ri burchakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.37 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.37 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga