Tsellyuloza olish texnologiyasi. Kimeviy tolalar Reja: 1. yog'ochdan tsellyuloza olish usullari. 2. Paxta chiqindisi- momikdan tsellyuloza olish. 3. Tsellyulozaning ishlatilishi. 4. Kimyoviy tolalar. 5. O'zbekistonda sun'iy va sintetik tolalar ishlab chiqarish. Tayanch iboralar: Tsellyuloza, paxta chiqindisi-momik, kimyoviy tolalar, atsetil tsellyuloza, nitron, lavsan. Tsellyuloza asosan paxta tarkibida 98-99% , yog'och tarkibida 40-50% , somon tarkibida 30-40% , guzapoya tarkibida 35-45% bor. Dunyoda eng ko'p tsellyuloza oladigan xom ashyo bu yog'ochdir. Tayyor mahsulot tsellyuloza eng sifatli holatda sun'iy tolalar (viskoza, mis, ammiak usuli bilan olingan tola, atsetat tolalari) olishda ishlatiladi. Undan keyin tsellyuloza ozik ovqat mahsulotlarini urash, sak- lash uchun parda sifatida olinadi. Bu parda tselofan deyiladi. Bundan keyin esa ko'p miqdorda qog'oz sanoatida, karton sanoatida ishlatiladi. Bu sanoatlarda tsellyulozani ishlatish uchun ularni yog'ochdan va boshqa tsellyulozasi bo'lgan xom ashyodan ajratib olish kerak. hozirgi paytda sanoatda ishlatayotgan 2 usul mavjud: 1. Sulfat usuli. 2. sulfid usuli. ko'p vaqt sulfat usulini ishkorli usul deyiladi. Sulfid usulini esa kislotali usul deyiladi. yuqori sifatli tsellyuloza ajratib olish uchun daraxtni kesgandan keyin pustlogidan ajratadilar va uni 2 metr uzunaga kirkib 2 yilgacha saklaydilar. Undan keyin uni alohida mashinalarda kirkib, parchalab uzunligi 5-7 sm tsellyuloza ajratishga tayyorlaydilar. Xajmi 50-100 m3 gacha bo'lgan katta kozonlarga yog'och parchalari solinib, kerak bo'lgan reaktivlarni hisoblab solib 5-7 atmosfera bosimida 135-147 S haroratda 6 soatdan 12 soatgacha pishiradilar. Bu kozonlarni texnikada pishirish kozonlari deyiladi. Natijada yog'och tarkibida bo'lgan gemi tsellyuloza , lignin va boshqa chiqindilar ajratib chikib, bazi vaqtda eriydi va kozondan bushatilgan paytda tsellyulozani yuvganda ajraladi. Olingan tsellyuloza tarkibida 80-90% - tsellyuloza bo'lib, okartirishga yuboriladi. a - tsellyuloza bu 18 % li uyuvchi natriyda uy sharoitida erimaydigan tsellyuloza hisoblanadi. 18% li ishkorda eriydigan tsellyulozani b tsellyuloza deyiladi. Agar suvga erisa past molekula qismlari g tsellyuloza deyiladi. Sanoatda asosan a tsellyuloza ishlatiladi. yuqori sifatli tsellyuloza olish uchun tsellyulozani 12% li ishkor bilan uy haroratida yoki 1% li ishkor bilan kaynatishda ajratib olinadi. Bu usulni sifatini yaxshilash deyiladi. Bunday tsellyuloza tarkibida 92-97% gacha - tsellyuloza bo'ladi. Tsellyuloza ishlab chiqarishda juda ko'p chiqindilar ajratiladi. Bu chi- kindilarni gidrolizlash natijasida texnik etil spirti, mol ovqati olinadi. qattiq moddalarni,ligninni ammiak bilan ishlov berib undan o'g'it tayyorlanadi. hozirda O'zbekistonda yog'och va yog'ochdan ishlanadigan mahsulotlar ancha kam. Shu uchun tez usadigan va ko'p yog'och beradigan daraxtlar ekish mavsumi boshlandi. 1994 yildan boshlash O'zbekiston davlatining karori asosida ko'p joylarda usadigan daraxtlar kalamchalari va har xil daraxtlar ekish rivojlanib ketdi. Bu daraxtlardan 15-20 yildan keyin yog'och olinadi. Shundgacha qog'oz ishlab ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: doc