Shamol energiyasidan foydalanish Shamol energiyasidan foydalanish Energiya odamzotning, umuman hayotning mavjudligida muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya olish va uning yangi samarali usullarini ishlab chiqish ilm-fan rivojlanishi mobaynida asosiy yo'nalishlardan biri bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. XIX asrdan boshlab insoniyat tomonidan energiya olishning asosiy manbai qazib olinadigan yoqilg'i hisoblanadi. Lekin uning to'xtovsiz kamayib borishi hamda yoqilganidan keyin atmosferada qoladigan chiqitlari va buning natijasida umumiy ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli yangi manbalarni o'zlashtirishga ehtiyoj tug'iladi. Yadro energetikasining rivojlanishi hozircha shu kabi energetika qurilmalarini ekspulatatsiya qilishning katta xavfi borligi natijasida rivojlana olmay turibdi. Oqimlar, geotermal suvlar, biomassalar energiyasidan foydalanish keng ko'lamda rivojlanmagan. Ayni paytda an'anaviy, lekin vaqtinchalik ikkinchi darajaga o'tib qolgan shamol va gel energetika kabi energiya olish usullari qayta tiklanmoqda. O'zbekiston uchun energetik mustaqillikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda elektr energiyasining 90%i issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Ularni ishlatish jarayonida ancha miqdorda uglerod dioksidi ajralib chiqadi. Respublika tomonidan xalqaro hujjatlar, jumladan, Kioto protokoli bo'yicha majburiyatlarini bajarish yoqiladigan yoqilg'i miqdorini asta-sekinlik bilan kamaytirishni talab qiladi. Ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishi muammosini ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, tiklanadigan energiya resurslarini, xususan shamol va quyosh energiyasini o'zlashtirish hozirgi kunda eng istiqbolli hisoblanadi. Bu esa O'rta Osiyodagi shamol energiya resurslarini tadqiq qilishning dolzarbligini belgilab beradi. Respublikaning tekisliklarida juda ko'p shamol resurslari mavjud. Hududning shimoli-g'arbida, Qoraqalpog'istonda ko'pincha 5ms dan yuqori tezlikdagi shamollar esishi kuzatiladi. Shuning uchun ushbu tezlikda ishlashni boshlaydigan shamol qurilmalari bu yerda taxminan 50% vaqt davomida ishlaydi. Markaziy tekis hududlarda shamol tezligi shimoli-g'arbiy va Orol oldiga qaraganda past va o'rtacha 3-4ms ni tashkil qiladi. Tog' oldi hududlarida shamol tezligining pasayishi kuzatiladi. Bu yerda shamol tezligi o'rtacha 2,0-2,5ms ni tashkil etadi. Shuning uchun tog'oldi hududlarining katta qismida shamol energiyasi qurilmalari uzoq vaqt bo'sh turib qolishi mumkin. Tog'oldi hududlarining bazi yerlarida (Yangier, Bekobod, Chorvoq hududi va h.k.) shamol rejimi bir jihatdan kuchli shamollarning tez-tez takrorlanishi, boshqa jihatdan esa uzoq muddat tinch bo'lib turishi bilan xarakterlanadi. Tog' hududlari ularga kelib tushadigan shamol miqdoriga ko'ra bir tekis emas. Tog'larda shamolning o'rtacha tezligi tog'ning yopiq ichki havzalarida 1,0-1,5 ms, baland tog'larning qoya hamda dovonlarida esa 5-6 ms va undan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Tog' hududuning katta qismida ular 2 ms dan oshmaydi. Bundan tashqari, quyosh energiyasi qoyaning ekspozitsiyasi, uning tikkaligi va esayotgan shamol yo'nalishiga ko'ra joylashishiga bog'liq. Umuman olganda, tog' hududlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi, lekin bu yerda bunday qurilmalarining ishlash samaradorligi tekislik va tog'oldilariga qaraganda pastroq bo'ladi. Bu yerlarning ko'pgina hududlarida shamol qurilmalaridan foydalanish undan ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
546.63 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
546.63 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: pptx