Sharqning fan akademiyalari va dorulfununlari Reja: Abu abdulloh muhammad ibn muso al - xorazmiy Abu nasr al - farobiy Abu ali husayn ibn sino Abu rayhon ibn ahmad beruniy Ibn al-xaysam (alxazena) Rim imperiyasi qulashi bilan antik davr ham tarixga aylanadi va V-VI - asrdan boshlab, ilm fan tarixining sahifalarini yaratish sharq, arab olim-lariga o'tadi. Ularni ilmiy faoliyati, ilm fanga, uni rivojiga qo'shgan hissalari juda kattadir. IX - XI asrlarda Islom davlatlarida kuchli madaniy gullash kuzatilgan. Shunga ko'ra bu davr tarixda Islom Renesansi deb taniladi. (ya'ni tiklanish, uyg'onish rivojlanish). Shu bilan birga Islom dini musulmon davlatlarining birlashishida ma'naviy tayanch bo'lib xizmat qildi, ular o'rtasidagi g'arazgo'ylikni bartaraf qildi hamda ular o'rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni tiklanishiga ko'mak berdi 809 - yilda Xalifa Xorun ar-Rashidning ikkinchi o'g'li Abdullox al-Ma'mun Xalifalikning sharqiy yerlariga noib etib tayinlanadi.Noiblikning poytaxti bo'lib Xurosonning Marv shahri hisoblanadi. Abdulloh davlat ishlari bilan birga Marvda ulkan madaniy, ilmiy ishlar olib borgan. U o'z atrofiga yosh, fanga qiziquvchan yoshlarni yig'adi. Ular ichida o'z zamonasining ko'zga ko'ringan allomalari Muhammad al-Xorazmiy , Yaxyo ibn Abu-Mansur, Xomid al-Marvarudiy, Sanad ibn Ali, Abbos al-Javxari, Yaxyo ibn Axsom, Qozi Xommad, Axmad al-Marvazi kabilarni eslash bor edilar. Ular o'z ishlari bilan dunyo ilmiga beqiyos poydevor qo'ydilar . 819 - yili Xorun ar-Rashid vafotidan so'ng Abdullox al-Ma'mun Xalifa etib tayinlanadi va poytaxtni Bag'dodga ko'chiradi. Al - Ma'mun o'zi bilan Bag'dodga bir guruh olimlarni ham olib keladi. O'sha davr odatiga ko'ra ulamo va fozillar podshoxlar va sultonlar saroyida to'planganlar. Bu an'anani Xalifa Al - Ma'mun boshlab bergan. U xalifalik qilgan davrda Bag'dodga Xuroson, Movarounnahr va Xorazmdan ilm axlini bir yerga birlashtirdi. Xalifa o'z say harakati bilan Bayt ul-xikma Donolar uyi yoki ayrim manbalarda Majlisi ulamo Ulamolar uyi deb nomlangan ilmiy jamiyat barpo qildi. Bu ilmiy faoliyatga rahbar etib birinchi bo'lib, Yaxyo ibn abu-Mansur tayinlandi. 829 yilda Abu Mansur vafotidan keyin jamiyatga Muhammad al-Xorazmiy rahbar etib tayinlaniladi. Xorazmiy bu jamiyatda umrining oxirgacha faoliyat ko'rsatgan.Xorazmiy Markaziy Osiyolik ulamolar Ahmad Farobiy, Abul Vafo Buzjoniy, isloh Ibodiy, Abu Jag'dod Xurosoniy, Abul Ratx Isfaxoniy, al Mavaziylar bilan birga katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Shu bilan birga ular juda keng ko'lamda tarjimonlik ishlarni ham olib borganlar. Baytul - Xikma allomalari qadimgi Suriya, Eron, Hindiston olimlarining asarlarni arab tiliga tarjima qilgan, Osmon jismlarini kuzatish ishlari olib borilgan, Halifalikning turli o'lkalariga ilmiy eksperditsiyalar uyushtirilgan. Xorazmiy va Farg'oniylarning tashabbusi bilan ulkan auditoriya qurilgan va juda boy kutubxona tashkil qilindi. Dunyo ilm fani va sivilizatsiyasiga Bayt ul ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:20:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.85 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:20 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
148.85 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:10 ]
Arxiv ichida: doc