Shisha prizmada yorug'likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak

Shisha prizmada yorug'likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak

O'quvchilarga / Fizika
Shisha prizmada yorug'likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 54-mavzu: Shisha prizmada yorug'likning tarkibiy qismlarga ajralishi. Kamalak Har biringiz bahor paytida yomg'irdan so'ng osmonda yoy shaklidagi rangli «kamalak»ni kuzatgansiz. Ko'pincha kamalak ikkita bo'lganligidan yurtimizda Hasan-Husan deb ham nomlashadi. Shunday kamalakni yoz kunlarida otilib turgan favvoralar yaqinida o'tirib ham kuzatish mumkin. Sun'iy ravishda shlangdan suv sepganda sochilib chiqayotgan zarralarda ham ba'zan kamalakni kuzatish mumkin. Ko'ringan tabiiy kamalakka qarab yura boshlasangiz, u ham sizdan uzoqlasha boradi va keyinroq yo'qoladi. Yorug'likning rangini o'rganishni birinchi bor ilmiy ravishda 166-yilda Nyuton boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi. «Men 166-yilda (sferik ko'rinishga ega bo'lmagan optik shishani silliqlayotganimda) yorug'lik rangi haqidagi hodisani o'rganish uchun uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men xonamni qorong'ilashtirib, unda quyosh nurlari kirishi uchun kichik tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joylashtirdimki, natijada yorug'lik prizmadan o'tganidan so'ng qarama-qarshi devorga tushdi. Menga devordagi jonli ranglarni ko'rish katta mamnuniyat keltirdi». Bu tajribani o'zingiz ham bajarib ko'rishingiz mumkin. Buning uchun Quyoshdan keluvchi yoki elektr lampochkadan chiqqan nurlarni tirqish orqali uchburchak shaklidagi shishadan yasalgan prizmaga tushiriladi. Prizmaga tushirilgan oq nur, undan o'tgach, yetti xil rangga ajralar ekan (118-rasm). Ranglarning joylashish tartibi quyidagicha: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsha. Yetti xil rangdan tashkil topgan tasvir spektr deb ataladi. Prizmadan chiqqan nur rangli bo'lishidan tashqari, kirgan nurga nisbatan yoyilgan ho latda bo'ladi. Buning sababini o'rganish uchun prizmadan chiqqan nurlardan bittasini qoldirib, qolganini berkitamiz va qoldirilgan nur yo'liga boshqa prizmani qo'yamiz. Prizmadan o'tgan nurlarning og'ish burchagini o'lchab, turli rangdagi nurlarning prizmadan o'tishda turli burchakka og'ishini kuzatamiz. Eng ko'p og'ish binafsha nurga, eng kam og'ish qizil nurga to'g'ri keladi. Agar berkitilgan nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o'tkazilsa, nurlar yig'ilib, yana oq nur ko'rinishida bo'ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur aslida ma'lum nisbatda qo'shilgan turli toza ranglarning aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatan ham, keyinchalik Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil, havorang, yashil ranglarni qo'shib oq rang hosil qilib ko'rsatadi. Shu uchta rangni turli nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil bo'lar ekan. Hozirgi zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo'shilishidan rangli tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko'rinishi ularning o'ziga tushgan yorug'likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini yutadi. Qora jism tushgan yorug'likning deyarli barchasini yutsa, oq jism qaytaradi. Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg'ir tomchilari xuddi prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o'tishi sababli paydo bo'ladi. Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil, binafsha. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:10 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga